Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan: «Nima bo‘ldi sizga, nega kechasi uxlamaysiz?» deb so‘rashdi. Hazrati Umar roziyallohu anhu shunday javob berdilar: «Kechasi uxlasam, nafsim qarovsiz qolib ketadi. Kunduzi uxlasam, xalq qarovsiz qolib ketadi». “Solihlar gulshani”dan batafsil »
Teg arxivlari: solihlar gulshani
Kekkayishdan saqlaning
Rivoyat qilishlaricha, bir kuni Umar roziyallohu anhu yelkalarida mesh ko‘tarib chiqibdilar. Xalifa bo‘lishlariga qaramay, mesh ko‘tarib olgan hazrati Umarni ko‘rgan kishilar hayron bo‘lib, «Ey mo‘minlar amiri, bu nima holat?» deb so‘rashdi. Shunda hazrati Umar roziyalohu anhu: «O‘zimdan ujblanib* ketdim, shuning uchun nafsimni qiynamoqchiman», deb javob berdilar. * Manmansirash, o‘zida biror fazilatni ko‘rib, g‘ururlanish hamda o‘sha fazilatni ato etgan Zotni unutib ... batafsil »
«Allohim, meni ular o‘ylaganidan ham yaxshiroq qilgin!»
Asmoʼiy shunday hikoya qiladi: «Buyuk sahobiy Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu o‘zlari haqida maqtov eshitsalar, shunday der edilar: «Allohim! Sen meni o‘zimdan ham yaxshiroq bilasan. Men esa o‘zimni ulardan ko‘ra yaxshiroq bilaman. Allohim, meni ular o‘ylagandan ham yaxshiroq qilgin. Ular bilmaydigan gunohlarimni kechirgin. Ular aytgan narsalar bilan meni jazolamagin!» Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu yana «Qaniydi mo‘min bandaning bir tola ... batafsil »