Bosh sahifa » Teg arxivlari: ro‘za

Teg arxivlari: ro‘za

Ro‘zaga doir masalalar. Kafforotni vojib qiladigan amallar

Kafforot Ramazonning hurmatini oyoq osti qilgani uchun vojib bo‘ladi. Ramazon ro‘zasi farzini ado qilishni niyat qilib tutgan odam uni o‘z ixtiyori ila majburlashsiz va shar’iy uzrsiz qasddan ochib yuborsa, ham qazosini tutadi, ham kafforatni ado etadi. Bu narsa quyilardagi holatlarda yuz beradi: G‘izo yoki uning ma’nosidagi narsani shar’iy uzrsiz yemog‘i. Odatda ozuqa sifatida tanovul qilinadigan barcha narsalar g‘izoga kiradi. Dori, ... batafsil »

Ro‘zaga doir masalalar (2-maqola)

Ro‘zadorga makruh bo‘lgan narsalar: 1. Uzrsiz biror narsani tatib ko‘rish va chaynash.Chunki bunga o‘xshash narsalar ro‘zaning buzilishiga olib borishi mumkin. 2. Saqich chaynash, chunki bunday odamni og‘zi ochiq deb o‘ylanadi. 3. Quchoqlashish,o‘pish va ushlash kabi shahvatni qo‘zg‘aydigan ishlar. 4. Qasd ila tupugini og‘zida to‘plab yutish. 5. Ro‘zadorni zaiflashishga olib boradigan qon oldirish kabi ishlarni qilish. Mumkin bo‘lgan narsalar: 1. Mo‘ylabga ... batafsil »

Ro‘zani buzmaydigan narsalar

1. Ro‘zadorligi esidan chiqib yeb ichib yoki jinsiy yaqinlik qilib qo‘ysa,ro‘zasi ochilmaydi. Ammo esiga tushishi bilan darhol mazkur ishlarni to‘xtatishi shart. 2. Nazar solgani yoki o‘ylagani oqibatida maniysi to‘kilsa,o‘zi gunohkor bo‘lsa ham ro‘zasi ochilmaydi.Kunduz kuni ehtilom bo‘lib qolsa ham ro‘zasi ochilmaydi. 3. Ko‘ziga dori tomizsa yoki surma qo‘ysa ham ro‘zasi ochilmaydi. 4. Qon oldirsa ham. 5. Misvok qilsa ham. 6. ... batafsil »

Ro‘zani buzadigan va faqat qazo tutishni vojib qilib, kafforotni vojib qilmaydigan narsalar

1. Ozuqamas va ozuqa ma’nosida bo‘lmagan narsani tanovul qilmoq. Masalan, ro‘zador xom guruch, xamir, biror narsa aralashtirilmagan un kabi narsalarni yemog‘i. 2. Birdaniga ko‘p tuzni yeb yuborsa ham, ro‘zasi ochilib qazosini tutib beradi. 3. Pishmagan mevani yesa ham. 4. Tishlari orasida qolgan no‘hatdan katta narsani yesa. 5. Danak, paxta, qog‘oz, teri yesa ham. 6. Tosh, temir parchasi, tuproq, tangaga o‘xshash ... batafsil »

Ramazondagi to‘rt ish

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam muborak Ramazon oyida amal qilishlari uchun ummatlariga to‘rt ishni buyurganlar: 1. Birinchisi, juda ko‘p “La ilaaha illalloh”ni o‘qishlik. Ya’ni, yurib ketayotib ham, o‘tirib turib ham, har damda “La ilaha illalloh”, “La ilaha illalloh”, “La ilaha illalloh” deb tilda zikr qilishlik. 2. Ikkinchisi, Alloh ta’ologa chin qalbdan tavba va istig‘for qilaverishlik. 3. Uchinchisi, Alloh ta’olodan chin qalbdan ... batafsil »

Ramazon oyida sodir bo‘ladigan ba’zi xatolar

Shomdan oldin ijobat bo‘ladigan fursatda duoni tark qilish. Shom azonini eshitganda qaytarmay turish. Toki azon tugagunicha og‘izni ochmay turish. Shom namozidan keyingi ravotib sunnatni tark qilish. Taroveh namozini imom bilan birga oxirigacha o‘qimaslik. Tarovehni birinchi kechasida o‘qimasdan boshqa ishga mashg‘ul bo‘lish. Faqat Ramazonda namoz o‘qish. Ovqat va ichimlikda isrofga yo‘l qo‘yish. Xatmi qur’onni tafakkur bilan eshitishdan g‘aflatda qolish. Iftorga mashg‘ul ... batafsil »