Bosh sahifa » Teg arxivlari: Ramazon

Teg arxivlari: Ramazon

Ro‘zaga doir masalalar. Kafforotni vojib qiladigan amallar

Kafforot Ramazonning hurmatini oyoq osti qilgani uchun vojib bo‘ladi. Ramazon ro‘zasi farzini ado qilishni niyat qilib tutgan odam uni o‘z ixtiyori ila majburlashsiz va shar’iy uzrsiz qasddan ochib yuborsa, ham qazosini tutadi, ham kafforatni ado etadi. Bu narsa quyilardagi holatlarda yuz beradi: G‘izo yoki uning ma’nosidagi narsani shar’iy uzrsiz yemog‘i. Odatda ozuqa sifatida tanovul qilinadigan barcha narsalar g‘izoga kiradi. Dori, ... batafsil »

Ro‘zaga doir masalalar (2-maqola)

Ro‘zadorga makruh bo‘lgan narsalar: 1. Uzrsiz biror narsani tatib ko‘rish va chaynash.Chunki bunga o‘xshash narsalar ro‘zaning buzilishiga olib borishi mumkin. 2. Saqich chaynash, chunki bunday odamni og‘zi ochiq deb o‘ylanadi. 3. Quchoqlashish,o‘pish va ushlash kabi shahvatni qo‘zg‘aydigan ishlar. 4. Qasd ila tupugini og‘zida to‘plab yutish. 5. Ro‘zadorni zaiflashishga olib boradigan qon oldirish kabi ishlarni qilish. Mumkin bo‘lgan narsalar: 1. Mo‘ylabga ... batafsil »

Ro‘zani buzmaydigan narsalar

1. Ro‘zadorligi esidan chiqib yeb ichib yoki jinsiy yaqinlik qilib qo‘ysa,ro‘zasi ochilmaydi. Ammo esiga tushishi bilan darhol mazkur ishlarni to‘xtatishi shart. 2. Nazar solgani yoki o‘ylagani oqibatida maniysi to‘kilsa,o‘zi gunohkor bo‘lsa ham ro‘zasi ochilmaydi.Kunduz kuni ehtilom bo‘lib qolsa ham ro‘zasi ochilmaydi. 3. Ko‘ziga dori tomizsa yoki surma qo‘ysa ham ro‘zasi ochilmaydi. 4. Qon oldirsa ham. 5. Misvok qilsa ham. 6. ... batafsil »

Ro‘zani buzadigan va faqat qazo tutishni vojib qilib, kafforotni vojib qilmaydigan narsalar

1. Ozuqamas va ozuqa ma’nosida bo‘lmagan narsani tanovul qilmoq. Masalan, ro‘zador xom guruch, xamir, biror narsa aralashtirilmagan un kabi narsalarni yemog‘i. 2. Birdaniga ko‘p tuzni yeb yuborsa ham, ro‘zasi ochilib qazosini tutib beradi. 3. Pishmagan mevani yesa ham. 4. Tishlari orasida qolgan no‘hatdan katta narsani yesa. 5. Danak, paxta, qog‘oz, teri yesa ham. 6. Tosh, temir parchasi, tuproq, tangaga o‘xshash ... batafsil »

Eslatma: Hayit namozini o‘qish tartibi

Hayit namozi quyidagicha o‘qiladi: Imom domla iftitoh (namozni ochuvchi) takbiri – “Allohu akbar”ni aytsa, muqtadiy (imomga ergashuvchi namozxon): “Qiblaga yuzlangan holimda, hayit namozini xolis Alloh uchun, o‘qishni niyat qildim”, deb “Allohu akbar” takbirni aytib namozga qo‘shiladi va sanoni o‘qiydi. So‘ngra imom domla uch bor takbir aytadi. Muqtadiy ham qo‘lini qulog‘i barobariga ko‘tarib takbir aytadi. Takbirlar orasida qo‘lni bog‘lamasdan, yonga tushiriladi. ... batafsil »