Muhammad Taqiy Usmoniy

Qozi Muhammad Taqiy Usmoniy ibn Shayx, muftiy Muhammad Shafe’ ibn Shayx Yosin ibn Xalifa Tahsin Ali ibn Miyonjiy hofiz Karimulloh ibn Miyonjiy Xayrulloh ibn Miyonjiy Shukrulloh hazratlari 1362-hijriy, 1943-melodiy sanada Hindistonning Sahornafur viloyatiga qarashli Devband qishlog‘ida tavallud topdilar. Hind tilida Miyonjiy degan so‘z muallim, deganini bildiradi. U kishining silsilalari Usmon ibn Affonga borib taqaladi. Otalari bu haqda gapirib o‘tganlar. Bu ... batafsil »

Namozda takbiri tahrima tartibi

Ushbu takbirdan keyin namoz boshlanadi va undan avval durust bo‘lgan yeb-ichish, yurish, gapirish va namozdan tashqarida bo‘ladigan juda ko‘p ishlarni qilish haromga aylanadi. Shuning uchun ham bu takbirni “Takbiri tahrima” deyiladi. Uning sahih va namozni durust bo‘lishi uchun shart qilingan shartlar: badani pok, joyi pok, satri avrat, qiblaga yuzlanish, vaqt kabilar topilishidir. Shuningdek namozga kirishuvchi qiyomda bo‘lishi ham shart. Albatta ... batafsil »

Qalbni pok tutish

Bayt: Pok chun gardand dilho fayz nozil meshavad, Merasad az g‘ayb mehmon xonahoyi ruftaro. Tarjimasi: Dillar pok bo‘lsa, fayz nozil bo‘ladi. Supurilgan uyga g‘oyibdan mehmon yetadi. Qalbiga Alloh taolo tomonidan fayz va futuhlar tushishini istagan kishi avvalo qalbini poklashi lozim. Siz uyingizni pok tutsangiz, unga loyiq mehmonni Alloh taoloning O‘zi g‘oyibdan jo‘nataveradi. batafsil »

Oxirat uchun imorat

Bayt: Pesh az on k-az tabli rehlat dastu poro gum kuniy, Zodi rohi jam’ kun ey bexabar to fursatast. Tarjimasi: “Ey bexabar, to fursat bor ekan ko‘chish do‘mbirasi chalinib, qo‘lu oyog‘ingni yo‘qotishingdan oldin yo‘l ozuqasini jamla”. Aslida, bexabar deyilganda oxirat, jannatu do‘zax, yaxshi-yomon ishlar hamda o‘lim haqida qulog‘iga umuman xabar yetib bormagan kishi tushuniladi. Musulmonlar bu ma’noda bexabar emaslar. Chunki ... batafsil »

Baraka so‘rab duo qilishning sababi

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: و بارك لي في رزقي “Ey, Allohim! Mening rizqimda baraka ato qil”, deb duo qilganlar. O‘ylash lozimki, Nabiy sollallohu alayhi vasallam, “Ey, Allohim! Juda ko‘p rizq ato qil, mening molimni ko‘paytirib ber”, deb duo qilmadilar. Balki, “Ey, Allohim! Mening rizqimda baraka ato qil”, deb duo qildilar. Agar Alloh taolo baraka ato qilsa, oddiy ishchining ozgina maoshida ... batafsil »

Ishonch

Bayt: Inon ba dasti furo‘moyagon madeh zinhor, Ki dar masolihi xud xarj mekunand turo. Tajimasi: Yuganni zinhor pastkashlarning qo‘liga bera ko‘rma. Chunki ular o‘z foydasiga seni sarflaydilar. Ilojsiz bo‘lganingda ham Xudodan qo‘rqmaydigan, tagi past odamlarga biror ish boshqaruvini topshirma. Chunki bunday kishilar o‘z manfaati yo‘lida nafaqat sening molingni, balki sening o‘zingni ham sarflab yuborishdan tap tortmaydi (Gulchin, 183-b). Yorqinjon Fozilov ... batafsil »

Qalb g‘uborini ketkazish

Gar safoyi harami ka’ba zi zamzam boshad, Zamzami ka’bayi dil diydayi pur nam boshad. To nabandiy zi suxan lab nashavad dil go‘yo, Nutqi Iyso samari ro‘zayi Maryam boshad. Tarjimasi: Agar Ka’ba Haramining sofligi Zamzam suvi bilan bo‘lsa, qalb ka’basining zamzami yoshli ko‘z bo‘ladi. To labingni gapdan yummaguningcha diling go‘yo bo‘lolmaydi. Iyso alayhissalomning gapirishlari onasi bibi Maryam tutgan ro‘zaning samarasidir. Soib ... batafsil »

Aksirish bir ne’matdir

Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taolo aksirishni yaxshi ko‘radi, esnashni esa yomon ko‘radi. Qachonki, biror shaxs aksirsa va “Alhamdulillah” desa, uni eshitgan musulmon zimmasida, unga “Yarhamukalloh” deyishi haq (shart) bo‘ladi. Esnash esa shayton tarafidan bo‘ladi. Qachonki, biror kimsaga esnash kelsa, imkon boricha uni qaytarsin. Negaki, inson qachon esnasa, shayton kuladi, ya’ni xursand ... batafsil »

Rizqqa qanoat

Bayt: Medavonad odamiyro hirs dar girdi jahon, Varna gandum siynachok az bahri ro‘ziyxoraast. Tarjimasi: Hirs odamni jahonning atrofida yugurtiradi. Bo‘lmasa, bug‘doy rizq yeguvchi uchun siyna yoruvchidir. Harislik, ochofatlik, yeb to‘ymaslik kishini tinch o‘tirishga qo‘ymaydi. Balki bu sifatga ega bo‘lgan odam yaxshi yeb-ichish ilinjida yer sharining u boshidan bu boshiga yelib yuguraveradi. Holbuki, rizq uchun bu qadar tashvish chekishga zarurat yo‘q. ... batafsil »

Yomonlarda ham yaxshilik bor

Bayt: Az badon fayz muholast ba nekon birasad, Haqqi bedoriyi duzdon ba asas bisyorast. Tarjimasi: Yomonlardan yaxshilarga fayz yetishi amri maholdir. Tun qorovullarida o‘g‘rilarning bedorlik haqi ko‘pdir. Soib rahimahulloh aytmoqchiki, odatda yomon kishining yomonligidan yaxshilarga biror fayz va manfaat yetgan emas. Bundan faqat bir holatni mustasno qilish mumkin. U ham bo‘lsa, o‘g‘rilardan tun qorovullariga yetgan fayz va manfaatdir. Zero o‘g‘rilar ... batafsil »