Komillik jannatga yetaklar

Bayt: Noqis az komil barad lazzat zi dunyo beshtar, Diydai ahval kunad aysh du bolo beshtar. Tarjimasi: “Noqis kishi komil odamga nisbatan dunyodan ko‘proq lazzat topadi. G‘ilayning ko‘zi (narsalarni ko‘rganda) ikki barobar ko‘proq maza qiladi”. (Muntaxab, 72-b) batafsil »

Hojat Allohdan so‘raladi

Bayt: Az dari Xoliq ba dari xalq mabar hojati xud, Shikva az yor ba ag‘yor nameboyad kard. Tarjimasi: “Yaratuvchining eshigidan xalqning eshigiga hojatingni olib borma. Do‘st ustidan dushmanlarga shikoyat qilish yaramaydi.” (Muntaxab, 66-b) batafsil »

Oilada taqvoning zarurligi

Shayxul islom, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hazratlari aytadilar: “Mening padari buzrukvorim muftiy Muhammad Shafe’ Usmoniy rahmatullohi alayh aytar edilar: “Oilada er- xotinning qalbida taqvo, Allohdan qo‘rquv bo‘lmagunicha o‘rtalaridagi aloqa yaxshi va go‘zal bo‘lmaydi. Er-xotin o‘rtasida shundayin yaqin aloqa bo‘ladiki, ulardan ko‘ra yaqinroq aloqa boshqa birovlarning o‘rtasida bo‘lishi mumkin emas. Er-xotin ikkisi bir-biriga sirdosh bo‘ladi. Bular o‘rtasidagi aloqa hech qachon o‘zgalar ... batafsil »

Allohning do‘stlari bilan suhbatlashish

Ba’zi paytda kishida yorug‘lik ham, ilm ham, ishonch ham bo‘ladi, lekin unda amal qilishga quvvat bo‘lmaydi. Misol uchun, yorug‘ bir xonaning javonida olma bor, uning borligi hamda manfaatli narsa ekaniga ishonch ham bor, doktor uni yeyishga buyurgan ham, shu bilan birga ko‘ngil ham uni yeyishni istab turibdi, lekin olmagacha turib, yetib borishga quvvat bo‘lmaydi. Bunday holda doktor quvvat beruvchi ukol ... batafsil »

Yoshlik qadri

Bayt: Az bahori navjuvoniy onchi bar jo mondaast, Dar bisoti man hamin xobi garoni g‘aflatast. Tarjimasi: Mening to‘shagimda yoshlik bahoridan o‘z o‘rnida qolgan narsa g‘aflatning og‘ir uyqusidir. Shoir bu gapini avvalo o‘zining holiga afsuslanish ma’nosida, ikkinchidan esa sizu bizga nasihat o‘laroq aytgan. “Men yoshligimda juda ko‘p narsalar, jumladan g‘aflat egasi edim. Qariganimda barcha narsalar – go‘zallik, kuch-quvvat va hokazolar mendan ... batafsil »

Sunnat – muhaddislar istilohida

Muhaddislar istilohida – Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan asar bo‘lib qolgan gap, amal, taqrir, xalqiy sifat, xulqiy sifat va siyratlarga, agar payg‘ambarliklaridan oldin sodir bo‘lgan bo‘lsa ham – Sunnat, deyiladi. Darhaqiqat, hadis kitoblarini o‘qiydigan bo‘lsak, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning aytgan gap-so‘zlari, qilgan amallari hamda sahobai kiromlardan sodir bo‘lgan tasarrufotlarni taqrir qilganlari bilan bir qatorda U zot sollallohu alayhi vasallamning qaddi qomatlari, ... batafsil »

Tongi nola

Bayt: Ey ki, komi du jahonro az Xudo metalabiy, Har du mavquf ba yak ohi sahargoh buvad. Tarjimasi: Ey, Xudodan ikki olam maqsadini talab qiladigan kishi, har ikkisi sahardagi bir ohga bog‘liqdir. Har bir kishi ikki jahonda – dunyoda ham, oxiratda ham o‘z orzu-maqsadiga yetishishni xohlaydi batafsil »

Foydali ilmdan mahrumlik

Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadilar: “Gunohning zararlaridan biri shuki, inson foydali ilmdan mahrum bo‘ladi. Ilm boshqa narsa, ma’lumot boshqa narsadir. Ikkisining o‘rtasida farq bor. Ma’lumot xoh mo‘’min bo‘lsin, xoh kofir bo‘lsin, xamma insonda bo‘ladi. Bizga qancha poplar (nasroniy ruxoniy) uchraganki, islom dini haqida shunday ma’lumotlarni biladi, inson xayron qoladi. Shunday poplar ham uchraganki, arab tilida bemalol gaplashar edilar. ... batafsil »