Ramazondagi to‘rt ish

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam muborak Ramazon oyida amal qilishlari uchun ummatlariga to‘rt ishni buyurganlar: 1. Birinchisi, juda ko‘p “La ilaaha illalloh”ni o‘qishlik. Ya’ni, yurib ketayotib ham, o‘tirib turib ham, har damda “La ilaha illalloh”, “La ilaha illalloh”, “La ilaha illalloh” deb tilda zikr qilishlik. 2. Ikkinchisi, Alloh ta’ologa chin qalbdan tavba va istig‘for qilaverishlik. 3. Uchinchisi, Alloh ta’olodan chin qalbdan ... batafsil »

Ramazon oyida sodir bo‘ladigan ba’zi xatolar

Shomdan oldin ijobat bo‘ladigan fursatda duoni tark qilish. Shom azonini eshitganda qaytarmay turish. Toki azon tugagunicha og‘izni ochmay turish. Shom namozidan keyingi ravotib sunnatni tark qilish. Taroveh namozini imom bilan birga oxirigacha o‘qimaslik. Tarovehni birinchi kechasida o‘qimasdan boshqa ishga mashg‘ul bo‘lish. Faqat Ramazonda namoz o‘qish. Ovqat va ichimlikda isrofga yo‘l qo‘yish. Xatmi qur’onni tafakkur bilan eshitishdan g‘aflatda qolish. Iftorga mashg‘ul ... batafsil »

Ta’madan hazar qilish

Ashraf Aliy Tahonaviy bir kuni suhbat asnosida aytdilar: “Bir voqyea yodimga keldi. Bligrom shahrida bir ulug‘ olim bor edi. Bir kuni u kishining uyida yegani ovqati qolmadi. Odatiga ko‘ra o‘sha kuni ham dars bergani o‘tirganida shogirdi yuzi va ovozidan u kishining qorni qattiq och qolganini sezdi. Shogird uch-to‘rt qator o‘qib, kitobni yopdi va ustoziga: “Bugun biroz mazam yo‘q edi, saboqni ... batafsil »

Husni xulq

Bayt: Ba husni xulq dilhoro musaxxar metavon kardan, Ba in anbar du olamro muattar metavon kardan. Tarjimasi: “Go‘zal xulq bilan qalblarni zabt qilish mumkin. Bu mushki anbar bilan ikki olamni muattar qilish mumkin” Inson o‘zining chiroyli xulqi va go‘zal muomalasi bilan boshqalarning qalblarini o‘ziga rom qiladi. Go‘zal axloqdan shu qadar shirin xo‘shbo‘ylik tarqaladiki, u bilan insonning bu dunyosi ham, oxirati ... batafsil »

Ochlik fazilati

Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadilar: «Boyazid Bistomiy rahmatullohi alayh bir kuni ochlikning fazilatlarini bayon qilayotgan edilar. Shunda, bir kishi: «Hazrat! Ochlikning ham biror fazilatlari bormi?», dedi. Boyazid Bistomiy rahmatullohi alayh: «Ha, agar Fir’avnga ochlik yetganda edi, u holda u hech qachon xudolik da’vosini qilmagan bo‘lar edi. Fir’avn qorni doim to‘q yurganligi sababli, xudolik da’vosini qilgan edi», dedilar. Qachonki, ... batafsil »

Ramazon oyida asl maqsad tarafiga qayting

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: Lekin Allohga ibodat qilishlikdan tashqari dunyo ishlariga ham ruxsat berishlikning oqibati nima bo‘ladi. Alloh ta’olo yaxshi bilar edi, qachonki, inson dunyo ishlari va tashvishlariga mashg‘ul bo‘lsa, sekin-sekin uning qalbiga g‘aflat pardasi tushib boradi va dunyo ishlari va tashvishlariga o‘ralashib ketadi. Shunda, ushbu g‘aflatni ketkazish uchun Alloh ta’olo ba’zi vaqtlarni ta’yin qilgandir. O‘sha ... batafsil »

Go‘zal xulq

Bayt: Obu rangi surati zohir du ro‘zi besh nest, Husni axloqi jamil az ro‘yi zebo behtarast. Tarjimasi: “Zohiriy ko‘rinishning suvi hamda rangi ikki kundan ortiq emas. Go‘zal axloqning chiroyligi zebo yuzdan yaxshiroqdir” Hoji Domla Hindistoniy rahimahulloh o‘z suhbatlaridan birida aytadilar: “Yuzingiz sutdek tiniq bo‘lib, qoshu ko‘zlaringiz qora bo‘lgani bilan bu chiroyning hech e’tibori yo‘q. Chunki bir isitma kasal bilan o‘zgarib ... batafsil »

Ro‘za bizdan nima talab qiladi. 7-mavzu: Eng katta savdo

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: Insonni yaratishdan maqsad ibodat bo‘lsa, u holda buning talabi shu ediki, inson dunyoga kelganda, ertalabdan kechgacha ibodatdan boshqa biror ish qilmasligi va unga boshqa ish qilishiga ruxsat ham bo‘lmasligi kerak edi. Chunonchi, boshqa o‘rinda Qur’oni karim shunday deydi: إِنَّ اللّهَ اشْتَرَى مِنَ الْمُؤْمِنِينَ أَنفُسَهُمْ وَأَمْوَالَهُم بِأَنَّ لَهُمُ الجَنَّةَ Ya’ni: “Albatta, Alloh mo‘minlardan ... batafsil »

Baxil bo‘lmang

Bayt: Nish boshad qismati zanbur az daryoyi shahd, Mumsik az qahri Xudo bebahra az moli xudast. Tarjimasi: “Asal daryosidan arining nasibasi uning nishidir. Baxil Xudoning qahri sababli o‘z molidan bebahradir” Asalariga tinmay to‘plagan daryodek ko‘p asalidan tekkan nasiba o‘zining zaharli nayzasi bo‘ladi, xolos. Xuddi shunday baxil odam ham Xudoning qahriga uchragani sababli to‘plagan mol-dunyosidan o‘zi bahra ololmaydi. Arining asalidan boshqalar ... batafsil »