Is’hoqjon domla Begmatov “Mo‘yi Muborak” “Ukkosha” jome’ masjidiga tashrif buyuradilar

Aziz do‘stlar! Joriy yilning 29 dekabr sanasida, juma kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi xodimi Is’hoqjon domla Begmatov Shayxontohur tumanidagi “Mo‘yi Muborak” “Ukkosha” jome’ masjidiga tashrif buyuradilar. Barchangizni ustozning ma’ruzalaridan bahramand bo‘lishga chaqiramiz! Is’hoqjon domla Begmatov 1970 yil 28 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Birinchi diniy ta’limni otasi mulla Muhammadjondan olgan. 1990-1994 yillar Imom Buxoriy ... batafsil »

Tumor va vazifa

Ashraf Ali Tahonaviy aytdilar: Bugun odamlar o‘z maqsadlariga erishish, kasallik va musibatlarni daf qilishda dam soldirish, tumor va boshqa shu kabi narsalarni juda qadrlaydilar va bu uchun imkonlari boricha harakatlar ham qiladilar. Lekin asl tadbir bo‘lgan narsa, ya’ni Allohga duo qilishga esa beparvo bo‘ladilar. Mening tajribam shuki, birorta ham naqsh yoki tumor ta’sirda duoga barorbarlik qilolmaydi. Lekin duoni duodek qilib ... batafsil »

360 ta bo‘g‘im!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Odam bolalaridan barcha kishi uch yuz oltmish bo‘g‘im bilan yaratilgan…”, deb aytdilar. Imom Ahmad rivoyati. Inson jismidagi bo‘g‘imlar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘n to‘rt asr oldin belgilab, xabar berganlaridek uch yuz oltmishtadir. Axir Rasululloh salllallohu alayhi vasallamga Allohdan boshqa kim ham xabar bera olar edi. Ushbu ilmiy haqiqatga yigirmanchi asrning oxirlarida yetishildiku?! – Umurtqada 147 ta bo‘g‘im. ... batafsil »

Majolisi Hakimul umma. Odamlar bilan janjallashish uchun olimlardan fatvo olish

16-majlis Hakimul umma Ashraf Ali Tahonaviy aytdilarki: “Juda ko‘p kishilar o‘zidan xabari yo‘q, halol bilan haromni aralashtirib tashlaydi. Odamlar bilan janjallashish uchun olimlardan fatvo so‘rab yuradi. Biror kishida men shunday holatni sezsam, undan: ”Bu ish o‘zingda bo‘ldimi? O‘zing amal qilish uchun so‘rayapsanmi yoki bu yerda boshqa gap bormi?“ deya so‘rayman. Agar u kishi bu masala boshqaning muammosi, desa, unga javob bermayman. ... batafsil »

Dushanba og‘ir kun…mi?

“Dushanba – og‘ir kun”, ko‘pchilik xorijiy mamlakatlarda ommalashgan, hatto xalqimiz orasida ham hazil aralash ko‘p bor takrorlanadigan bu gapning biror asosi bormi? Dinimizda bu masalaga qanday qaraladi? Ayrim G‘arb davlatlarida dushanba kunini og‘ir kun deb xush ko‘rilmaydi, ammo dushanba kunining dinimizdagi o‘rni, ahamiyati juda ham katta. Payg‘ambarimiz (alayhissalom) hayotlaridagi ko‘pgina ajoyib voqealar aynan shu kuni ro‘y bergan. Ilm-fan shiddat bilan ... batafsil »

Majolisi Hakimul umma. Nafs ishrofining haqiqati

12-majlis. Hakimul umma Ashraf Ali Tahonaviy aytdilarki: Bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qilganlar: “Tama’ va nafs ishrofisiz biror hadya kelsa, unda baraka bo‘ladi. Ishrof bo‘lganida esa baraka bo‘lmaydi”. “Ishrof”ning ma’nosi “intizor bo‘lish”dir. Oldindan biror hadya olish umidi bo‘lsa, ya’ni nafs falonchi kishi hadya beradi deb kutib tursa, mana shu ishrofdir. Ishrofdan so‘ng hadya qabul qilish ahli botin nazdida ... batafsil »

Imom Ashraf Ali Tahonaviy

Ulug‘ alloma, nafaqat Hindistonda balki butun dunyoda shuhrat qozongan, “Ummat hakimi” degan ulug‘ nomga sazovar bo‘lgan bu zotning to‘liq ismlari Ashraf Ali Tahonaviy ibn Munshiy Abdulhaq ibn Hofiz Fayz Ali ibn G‘ulom Farid Shahid ibn Jalol ibn Rahmatulloh ibn Omonulloh ibn Atiyqulloh Xatib ibn Hofiz Habibulloh ibn Odam ibn Muhammad Jalol ibn Sodrjahon dir. U kishining nasablari ota tomonidan ikkinchi ... batafsil »

Farzand ko‘rishga besabrlik qilib oila buzilmasin

Albatta, farzand Alloh taolo tomonidan ato etiladigan ulug‘ ne’mat hisoblanadi. Farzand inson qalbidagi eng oliy maqsadlaridan biri bo‘lib, ota ona o‘z hayotlarini shular orqali yangilab davom ettiradi. Shuning uchun Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qilib: «Mol mulk, farzandlar dunyo hayotining ziynatidir…» deb ta’kidlagan. Haqiqatan ham, agar mol mulk va farzand bo‘lmasa bu dunyoning hech qanday qizig‘i yo‘qdek. Bu dunyo hayotiga insonning ... batafsil »

Ko‘r ila do‘xtir

Yaxshig‘ina boy bir ko‘r kishi har vaqt bozorg‘a chiqib, har xil narsalar olurdi. Lekin ko‘zi ko‘rmag‘anlig‘i uchun yaxshi-yomonni ayira olmas edi. Yaxshi deb o‘ylab olg‘an narsalarining ko‘pi yomon narsalar edi. Bir kuni ko‘zining pardasini oldurmoq uchun bir do‘xtirni uyig‘a chaqirdi. Do‘xtir kelib, ko‘zini pardasini oldi. Bir necha kundan so‘ngra ko‘zi ochilub, uyidag‘i narsalarni ko‘rmoqqa boshladi. Bozordan olg‘on narsalarining har biri ... batafsil »

Birovdan so‘rash vaqtidagi xorlik

Amir Said ibn Os roziyallohu anhu ramazon oyida kishilarga taom ulashar ekan. Bir ziyofatdan keyin kishilar ketgach, uning huzurida qurayshlik bir yigit qoldi. Said unga: “Menda biror hojating bo‘lsa kerak”, dedi. U yigit: “Ha, Alloh amirni isloh qilsin!” , dedi. Said shamni o‘chirib, unga: “Nima hojating bor?”, dedi. Yigit: “Mo‘minlar amiri (xalifa)ga mening qarzim borligi va uy-joyga muhtoj ekanim haqida bildirib maktub yozib bersangiz”, dedi. Said: “Qarzing qancha”, deb ... batafsil »