Bosh sahifa » Kutubxona

Kutubxona

“Masnaviy”dan: «Teri qo‘ldan ketar»

Ko‘chada shoshib ketayotgan bir odamdan so‘rashdi: — Nega buncha shoshyapsan? Ranging ham o‘chgan, nima bo‘ldi. Odam aytdi: — Eshitmadingmi hali? Shahar sultonining ko‘ngli uchun bozordagi eshaklarni so‘yib, terisini shilib, ichiga somon to‘ldiryaptilar. — Xo‘sh,xo‘sh? Lekin sen odamsanku? — To‘g‘ri, ammo sultonning odamlari bu ishga shunday sho‘ng‘iganlarki, ularga kimligimni anglatgunimga qadar, terim qo‘ldan ketishi mumkin. Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”dan ibratli hikoyalar batafsil »

Qilmish-qidirmish…

Kichik qishloqda gap tez tarqaladi: emishki, baqqol tarozidan urib qolib, odamlarni aldayotgan ekan. Hammasi novvoyning qishloq qozisi oldiga shakar sotuvchi savdogar ustidan shikoyat qilib borishidan boshlandi. “Men undan pishiriq uchun har kuni yuz misqol (500 gramm) shakar sotib olaman. Odatimga koʻra, undan olgan shakarni ishlatishdan oldin taroziga tortdim. Ne koʻz bilan koʻrayki, muttaham savdogar menga sotgan qadoqda yuz emas, sakson ... batafsil »

Oʻtkir Hoshimov. “Toʻychiboy”

Toʻychiboy toʻy qiladigan boʻldi: sunnat toʻy… “Sabzi toʻgʻrar”ga kelgan mahalla oqsoqollari “yuz kilo guruch damlash shartmi, oʻzingizni qiynamay qoʻya qoling”, degan edi, astoydil xafa boʻldi: – Nima, men odammasmanmi? Oʻzimga yarasha orzu-havasim bor, ulfatlarim bor… Men ham yurtning oshini yeganman… …Shunday boʻldi… Yuz kilo emas, yuz yigirma kilo osh damlandi… Tong otmasdan hofizlar xonish qildi… Guras-guras odamlar keldi… Toʻychiboy “yuz ... batafsil »