Bosh sahifa » Ilm (саҳифа 3)

Ilm

Eslatma! Qurbonlik duosi

اللهم ان صّلوتِى وَنُسُكِى وَمَحْياىَ ومَمَاتِى لله رَب العالَمِينَ لا شَرِكَ لَهُ اللهمَّ تقَبّلْ هٰذه الأضحية بسم الله والله اكبر اللهم هذا منك ولك اللهم تقبل هذه الأضحية مني أو من فلان ـ “Allohumma inna solatii va nusukii va mahyaaya va mamaatii lillaaxi robbil ‘aalamiin. Laa shariika laxh Alloohumma taqobbal haazihil uzhiyyata. Bismillahi Alloohu akbar. Allohumma haaza minka va laka ... batafsil »

Hayit namozi qanday o‘qiladi?

Alloh rizoligi uchun Qurbon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi. Takbir aytilganidan so‘ng, qo‘lni qovushtirib turib, har kim ichida sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan ... batafsil »

Qurbonlikning hukmi

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: Qurbonlik ham ayni shundayki, Alloh ta’olo u uchun yil bo‘yida uch kunni xoslab qo‘ygandir: o‘n, o‘n bir va o‘n ikkinchi zulhijja. Ushbu uch kundan tashqari agar siz qurbonlik qilishni xohlasangiz, u holda Alloh ta’oloning nazdida uning xech qanday qadr-qiymati yo‘qdir. Chunki, qurbonlik biror jonivorni Alloh uchun so‘yishning nomidir. Bir tarafdan siz jonivorni ... batafsil »

Takbiri tashriq qanday aytiladi?

Dinimiz Qurbon hayiti kunida biz musulmonlarga ba’zi vojib va sunnat amallarni qilishni buyuradi. Jumladan, arafa kunining bomdod namozidan boshlab hayitning to‘rtinchi kuni asr namozigacha, ya’ni 23 vaqt namoz mobaynida har bir farz namozdan keyin tashriq takbirini aytish vojib amallardan hisoblanadi. Tashriq takbiri ushbudir: Allohu akbar! Allohu akbar! La ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillahil hamd! Ushbu takbirni hoh ... batafsil »

Juma xutbasi va tahiyyatul masjid namozi

SAVOL. Imom juma mav’izasini qilib turgan paytda nafl namoz o‘qisa bo‘ladimi? Umumay, masjidga kirganda o‘qiladigan nafl namoz haqida ma’lumot bersangiz. Sodiqov Muxammadsami’, Toshkent. JAVOB. Masjidga kirganda o‘qiladigan nafl namozni Tahiyyatul masjid (“tahiyyat” salomlashish, so‘rashish ma’nosidadir)- namozi deyiladi. Ushbu ikki rakatli namozni ado etish sunnat. Chunki Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Qaysi biringiz masjidga kirsa, ikki rakat nafl namoz o‘qimay o‘tirmasin”, deganlar. Hanafiy mazhab ... batafsil »

O‘zga yurt fuqaroligini qabul qilish masalasi

Bugungi kunda globallashuv jarayonlari, fan va texnikaning tezlik bilan rivojlanishi natijasida insonlar tarixda bo‘lmagan ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lmoqdalar. Jumladan, bir mamlakat fuqarosi vaziyat taqozosi bilan boshqa yurt fuqaroligini osonlik bilan qabul qilmoqda. Musulmon ulamolar barcha masalalarda bo‘lgani kabi bu masalada ham shariat hukmlarini sharhlab berishgan. Zamonaviy Islom fiqhida ushbu masala “tajannus” (تجنس) deb atalmoqda. Masalaning asosiy mohiyati musulmonlarning aholisining ko‘pchilik ... batafsil »

Qiroat va tadabbur

Qur’on qiroati qoridan ikki narsani – tajvid va tadabburni talab etadi. Birinchisi har bir Qur’on o‘quvchiga farzi ayn bo‘lsa, ikkinchisi vojibdir. Dastlab Qur’onni tajvid bilan o‘qish haqida. Payg‘ambarimiz aytadilarki: “Sizlarning yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganganlaringiz va o‘rgatganlaringizdir” (Buxoriy rivoyati). Bu hadisda Kur’onni o‘rganuvchi va o‘rgatuvchilar ummatning eng yaxshilari ekani aytilayotgan bo‘lsa, bir oyati karimada tilovat barcha ibodatning avvalida sanalgan: “Albatta, Allohning kitobini ... batafsil »

Hajning nozik sirlari

Avvalo, hajning mohiyatini fahmlab yetishi lozim. Ya’ni, hajning dindagi o‘rnini fahmlagan odamning unga shavqi ortadi va haj qilishga azmu qarori kuchayadi. Hajning har bir amalida ma’lum bir eslatma va ibrat bor: Hajga kerak bo‘ladigan narsalarni jamlaganda oxiratga kerak bo‘ladigan narsalarni esiga olsin. Ehromga kirayotganda, oddiy kiyimlarini yechayotganda kafanni va Robbiga bu dunyo kiyimlaridan boshqacha kiyim bilan ro‘baro‘ bo‘lishini esga olsin. ... batafsil »

Qadar Allohning sirridir

Shunday ishlar borki, ular qudrati Oliya bilangina, amalga oshadi, Odamlar xoh sezsinlar, xoh sezmasinlar, ixtiyoriy yoki majburiy ravishda ular ijro etiladi. Masalan, aqldagi zako yoki g‘abo miqdori, mizojdagi sokinlik yoki tajovuzkorlik, jussaning balandligi yoki pakanaligi, jamol yoxud qabohat, hayot va o‘lim, sog‘lik va xastalik, boylik va faqirlik, xullas, shularga o‘xshash barcha narsalarda insonning qo‘li yo‘q. Ya’ni, bu ishlarga aralashishga uning ... batafsil »

Ma’naviy rizq

Alloh taolo insonning ichki dunyosini ham xuddi jasadini, tanasini rizqlantirganidek rizqlantiradi. Alloh taolo bir insonni namozni to‘kis ado qiladigan qildi, yoki haj ibodati bilan ikrom qilsa bilsinki Alloh taolo tomonidan ulkan rizq bilan rizqlanibdi. Banda uchun Alloh taoloning ulkan rizqi, bilsinki, uning peshonasini sajdaga qo‘ydirib qo‘yishligidir. Inson ba’zida arzimas dunyo kelib qolsa xursand bo‘ladi, lekin qimmatbahosi bu emas. Inson Qur’on ... batafsil »