Ilm

Taroveh namozi

Arab tilidagi “taroveh” so‘zi lug‘atda “dam olish; rohatlanish” maʼnolarini bildiradi. Ramazon oyida ado etiladigan yigirma rakʼatli namozning har to‘rt rakʼatini o‘qigach, bir oz dam olingani uchun shunday nom berilgan. Uning vaqti Ramazon oyida xufton namozidan keyin kirib, bomdod vaqti kirgunicha davom etadi. Taroveh namozi taʼkidlangan sunnatlardandir. Jamoat bo‘lib o‘qish esa mahalla kishilari uchun kifoya sunnat hisoblanadi. Yaʼni ayrimlar jamoat bo‘lib ... batafsil »

Riyo nima?

Har bir mo‘min-musulmon banda hazir bo‘lishi lozim bo‘lgan qalb xastaliklarining biri riyodir. “Riyo” so‘zi ko‘z bilan ko‘rish, nazar solish va odamlar ko‘rsin maʼnolarini anglatadi. Oxirgi maʼno riyo uchun xosdir. Ibn Hajar Asqaloniy riyoni quyidagicha taʼriflaydi: “Riyo odamlar ko‘rib, egasini maqtashlari uchun ibodatni izhor qilishdir”. Tahonaviy riyoni quyidagicha taʼriflaydi: “Riyo yaxshilikni boshqalar ko‘rsin uchun qilishdir. Unda xolis niyat va ixlos bo‘lmaydi”. Bashariyat mubtalo ... batafsil »

Yangi yilni nishonlashlik va uni muborakbod etishlikning hukmi

Jomi’a Dorul ulum Karachi muftiysi, Hazrati Mavlono Abdurrauf Sukkarhviy hafizahulloh aytadilar: “Islomda yangi yilni nishonlashlikning biror tasavvuri yo‘q. Xoh u shamsiy yil bo‘lsin yoki qomariy. Shunga ko‘ra, musulmonlar uchun nasorolarni yangi yil ila muborakbod qilishlik, ularning noto‘g‘ri aqiydalarini quvvatlashlik bo‘lgani sababli durust emasdir. Yangi yilni odatiy tarzda nishonlashlik va unda uyushtiriladigan umuman olganda behisob munkar ishlarga asoslanadigan yig‘inlarda sherik bo‘lishlik ... batafsil »

Muhammad ismidagi xususiyat

Qozi Muhammad Sulaymon Salmon Mansurpuri rahmatullohi alayh aytadilar: Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday deydi: مُّحَمَّدٌ رَّسُولُ اللَّهِ Yaʼni: “Muhammad Allohning Rasulidir” (“Fath” surasi, 29-oyat) Yuqoridagi oyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ham ismlari, ham vazifalari aytib oʻtilgan. Har ikki jihatdan oyati karima nabaviy xususiyatni bayon qilgan. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shaʼnlari yuksakligini bayon qilishda, muborak ismlari ham oʻziga xos xususiyat tutadi. Maʼlumki, anbiyoi ... batafsil »

Bolalikdagi ta’lim

Shayxul islom, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: Farzandingizga bolalikda bir bora Qur’on o‘qitib qo‘ying. Uning qalbini Qur’oni karim ila munavvar qiling. Undan keyin uni har qanday ishga qo‘ying, shunda, insha Alloh va yana insha Alloh, albatta, Qur’oni karimning anvoru-barakotlari uning ichini qamrab olgan bo‘ladi. Qachonki, siz eng avval unga Qur’onni o‘rgatib qo‘ysangiz, uning qulog‘i orqali iymon urug‘ini uning qalbiga ... batafsil »

Ro‘zaga doir masalalar. Kafforotni vojib qiladigan amallar

Kafforot Ramazonning hurmatini oyoq osti qilgani uchun vojib bo‘ladi. Ramazon ro‘zasi farzini ado qilishni niyat qilib tutgan odam uni o‘z ixtiyori ila majburlashsiz va shar’iy uzrsiz qasddan ochib yuborsa, ham qazosini tutadi, ham kafforatni ado etadi. Bu narsa quyilardagi holatlarda yuz beradi: G‘izo yoki uning ma’nosidagi narsani shar’iy uzrsiz yemog‘i. Odatda ozuqa sifatida tanovul qilinadigan barcha narsalar g‘izoga kiradi. Dori, ... batafsil »

Ro‘zaga doir masalalar (2-maqola)

Ro‘zadorga makruh bo‘lgan narsalar: 1. Uzrsiz biror narsani tatib ko‘rish va chaynash.Chunki bunga o‘xshash narsalar ro‘zaning buzilishiga olib borishi mumkin. 2. Saqich chaynash, chunki bunday odamni og‘zi ochiq deb o‘ylanadi. 3. Quchoqlashish,o‘pish va ushlash kabi shahvatni qo‘zg‘aydigan ishlar. 4. Qasd ila tupugini og‘zida to‘plab yutish. 5. Ro‘zadorni zaiflashishga olib boradigan qon oldirish kabi ishlarni qilish. Mumkin bo‘lgan narsalar: 1. Mo‘ylabga ... batafsil »

Ro‘zani buzmaydigan narsalar

1. Ro‘zadorligi esidan chiqib yeb ichib yoki jinsiy yaqinlik qilib qo‘ysa,ro‘zasi ochilmaydi. Ammo esiga tushishi bilan darhol mazkur ishlarni to‘xtatishi shart. 2. Nazar solgani yoki o‘ylagani oqibatida maniysi to‘kilsa,o‘zi gunohkor bo‘lsa ham ro‘zasi ochilmaydi.Kunduz kuni ehtilom bo‘lib qolsa ham ro‘zasi ochilmaydi. 3. Ko‘ziga dori tomizsa yoki surma qo‘ysa ham ro‘zasi ochilmaydi. 4. Qon oldirsa ham. 5. Misvok qilsa ham. 6. ... batafsil »

Ro‘zani buzadigan va faqat qazo tutishni vojib qilib, kafforotni vojib qilmaydigan narsalar

1. Ozuqamas va ozuqa ma’nosida bo‘lmagan narsani tanovul qilmoq. Masalan, ro‘zador xom guruch, xamir, biror narsa aralashtirilmagan un kabi narsalarni yemog‘i. 2. Birdaniga ko‘p tuzni yeb yuborsa ham, ro‘zasi ochilib qazosini tutib beradi. 3. Pishmagan mevani yesa ham. 4. Tishlari orasida qolgan no‘hatdan katta narsani yesa. 5. Danak, paxta, qog‘oz, teri yesa ham. 6. Tosh, temir parchasi, tuproq, tangaga o‘xshash ... batafsil »

Bahsu mujodala

Shariatimiz ortiqcha bahsu tortishuvlardan qaytaradi. Bu haqda Payg‘ambar alayhissalom aytganlar: “Birodaring bilan tortishma, uni mazax qilma, so‘z berib, keyin unga xilof qiladigan va’dani berma” (Termiziy rivoyati). Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Bahsu munozarani tark qilinglar. Chunki, munozar hikmatini bilmaysiz va uning fitnasidan (to‘la) saqlanishga ham qodir emassiz”(Tabaroniy rivoyati). Payg‘ambar alayhissalom dedilar: “Kim haq bo‘laturib, bahsu jadalni tark etsa, uning uchun jannati a’loda bir uy bino qilinadi. Kim nohaq ... batafsil »