Bosh sahifa » Ibrat (саҳифа 3)

Ibrat

Ko‘r ila do‘xtir

Yaxshig‘ina boy bir ko‘r kishi har vaqt bozorg‘a chiqib, har xil narsalar olurdi. Lekin ko‘zi ko‘rmag‘anlig‘i uchun yaxshi-yomonni ayira olmas edi. Yaxshi deb o‘ylab olg‘an narsalarining ko‘pi yomon narsalar edi. Bir kuni ko‘zining pardasini oldurmoq uchun bir do‘xtirni uyig‘a chaqirdi. Do‘xtir kelib, ko‘zini pardasini oldi. Bir necha kundan so‘ngra ko‘zi ochilub, uyidag‘i narsalarni ko‘rmoqqa boshladi. Bozordan olg‘on narsalarining har biri ... batafsil »

Birovdan so‘rash vaqtidagi xorlik

Amir Said ibn Os roziyallohu anhu ramazon oyida kishilarga taom ulashar ekan. Bir ziyofatdan keyin kishilar ketgach, uning huzurida qurayshlik bir yigit qoldi. Said unga: “Menda biror hojating bo‘lsa kerak”, dedi. U yigit: “Ha, Alloh amirni isloh qilsin!” , dedi. Said shamni o‘chirib, unga: “Nima hojating bor?”, dedi. Yigit: “Mo‘minlar amiri (xalifa)ga mening qarzim borligi va uy-joyga muhtoj ekanim haqida bildirib maktub yozib bersangiz”, dedi. Said: “Qarzing qancha”, deb ... batafsil »

Otalik farzi

Musulmonlar xalifasi Xorun ar-Rashid xalq hayotini o‘rganish uchun faqirona kiyinib, mol bozorini aylanib yursa, bir qassob bir qo‘yning bahosini so‘rabdi. Sotuvchi «20 tanga», deganini eshitib, qassob «qo‘yingizning 14 kilo go‘shti 4,5 kilo yog‘i bor. Uning narxi 15 tanga xolos», debdi va qo‘yni olmay ketibdi. Xalifa navkarlaridan biriga qo‘yni sotib olishni, ikkinchisiga qassob ortidan borishni buyuribdi. Bozordan qaytgach, o‘sha qo‘yni so‘yishibdi ... batafsil »

Umar ibn Abdulaziz va iroqlik ayol

Iroqlik bir kambag‘al ayol Umar ibn Abdulazizni qidirib keldi. Odamlardan: «Amirul mo‘mininning uyi qayerda?» deb so‘raganida bir xaroba kulbani ko‘rsatishdi. «Mana shu eski uy amirul mo‘mininning uyimi?» deb ajablandi ayol. So‘ng o‘sha hovliga kirib, amirning ayoli Fotimani ko‘rdi. U oftobda o‘tirib olgan ko‘yi bug‘doyni yanchib, un qilayotgan edi. Iroqlik ayol uni xizmatkor degan gumonda: — Amirul mo‘mininning xotini qayerda? — ... batafsil »