Bosh sahifa » Bayt (саҳифа 4)

Bayt

Qalb shishasi ovozi

Bayt: Shikasti shishai dil ro mago‘ sadoiy nest, Ki, in sado ba qiyomat baland xohad shud. Tarjimasi: Qalb shishasi singanda ovozi chiqmadi, dema. Chunki, bu ovoz qiyomat kuni baland bo‘ladi. Inson qalbi sal narsaga sinadigan o‘ta nozik, bebaho shisha. “Agar u shisha bo‘lsa, nima uchun singanida ovozi eshitilmadi”, dema. Bechora mazlumning qalb shishasi bu dunyoda sinadi-yu, jarangi qiyomat kuni eshitiladi. ... batafsil »

Sog‘lik ne’mati bilan kibrlanmang

Bayt: Osoyishi tan g‘ofilam az yodi Xudo kard, Hamvoriyi in roh maro sar ba havo kard. Tarjimasi: Tanimning salomatligi meni Xudoning yodidan g‘ofil qildi. Bu yo‘lning tekkisligi mening boshimni tepaga qaratib qo‘ydi. Insonning salomatligi ko‘pincha, kibru g‘urur qilishga, kekkayishga, bu ne’matni bergan Zotni yodga olmaslikka sabab bo‘ladi. Hazrat Soib hech bemor bo‘lmasdan doim sihat-salomatlik bilan yurgan kishini chuqurlari yo‘q tekkis ... batafsil »