Bosh sahifa » Bayt (саҳифа 3)

Bayt

Hojat Allohdan so‘raladi

Bayt: Az dari Xoliq ba dari xalq mabar hojati xud, Shikva az yor ba ag‘yor nameboyad kard. Tarjimasi: “Yaratuvchining eshigidan xalqning eshigiga hojatingni olib borma. Do‘st ustidan dushmanlarga shikoyat qilish yaramaydi.” (Muntaxab, 66-b) batafsil »

Allohning do‘stlari bilan suhbatlashish

Ba’zi paytda kishida yorug‘lik ham, ilm ham, ishonch ham bo‘ladi, lekin unda amal qilishga quvvat bo‘lmaydi. Misol uchun, yorug‘ bir xonaning javonida olma bor, uning borligi hamda manfaatli narsa ekaniga ishonch ham bor, doktor uni yeyishga buyurgan ham, shu bilan birga ko‘ngil ham uni yeyishni istab turibdi, lekin olmagacha turib, yetib borishga quvvat bo‘lmaydi. Bunday holda doktor quvvat beruvchi ukol ... batafsil »

Yoshlik qadri

Bayt: Az bahori navjuvoniy onchi bar jo mondaast, Dar bisoti man hamin xobi garoni g‘aflatast. Tarjimasi: Mening to‘shagimda yoshlik bahoridan o‘z o‘rnida qolgan narsa g‘aflatning og‘ir uyqusidir. Shoir bu gapini avvalo o‘zining holiga afsuslanish ma’nosida, ikkinchidan esa sizu bizga nasihat o‘laroq aytgan. “Men yoshligimda juda ko‘p narsalar, jumladan g‘aflat egasi edim. Qariganimda barcha narsalar – go‘zallik, kuch-quvvat va hokazolar mendan ... batafsil »

Tongi nola

Bayt: Ey ki, komi du jahonro az Xudo metalabiy, Har du mavquf ba yak ohi sahargoh buvad. Tarjimasi: Ey, Xudodan ikki olam maqsadini talab qiladigan kishi, har ikkisi sahardagi bir ohga bog‘liqdir. Har bir kishi ikki jahonda – dunyoda ham, oxiratda ham o‘z orzu-maqsadiga yetishishni xohlaydi batafsil »

Qalbni pok tutish

Bayt: Pok chun gardand dilho fayz nozil meshavad, Merasad az g‘ayb mehmon xonahoyi ruftaro. Tarjimasi: Dillar pok bo‘lsa, fayz nozil bo‘ladi. Supurilgan uyga g‘oyibdan mehmon yetadi. Qalbiga Alloh taolo tomonidan fayz va futuhlar tushishini istagan kishi avvalo qalbini poklashi lozim. Siz uyingizni pok tutsangiz, unga loyiq mehmonni Alloh taoloning O‘zi g‘oyibdan jo‘nataveradi. batafsil »

Oxirat uchun imorat

Bayt: Pesh az on k-az tabli rehlat dastu poro gum kuniy, Zodi rohi jam’ kun ey bexabar to fursatast. Tarjimasi: “Ey bexabar, to fursat bor ekan ko‘chish do‘mbirasi chalinib, qo‘lu oyog‘ingni yo‘qotishingdan oldin yo‘l ozuqasini jamla”. Aslida, bexabar deyilganda oxirat, jannatu do‘zax, yaxshi-yomon ishlar hamda o‘lim haqida qulog‘iga umuman xabar yetib bormagan kishi tushuniladi. Musulmonlar bu ma’noda bexabar emaslar. Chunki ... batafsil »

Ishonch

Bayt: Inon ba dasti furo‘moyagon madeh zinhor, Ki dar masolihi xud xarj mekunand turo. Tajimasi: Yuganni zinhor pastkashlarning qo‘liga bera ko‘rma. Chunki ular o‘z foydasiga seni sarflaydilar. Ilojsiz bo‘lganingda ham Xudodan qo‘rqmaydigan, tagi past odamlarga biror ish boshqaruvini topshirma. Chunki bunday kishilar o‘z manfaati yo‘lida nafaqat sening molingni, balki sening o‘zingni ham sarflab yuborishdan tap tortmaydi (Gulchin, 183-b). Yorqinjon Fozilov ... batafsil »

Qalb g‘uborini ketkazish

Gar safoyi harami ka’ba zi zamzam boshad, Zamzami ka’bayi dil diydayi pur nam boshad. To nabandiy zi suxan lab nashavad dil go‘yo, Nutqi Iyso samari ro‘zayi Maryam boshad. Tarjimasi: Agar Ka’ba Haramining sofligi Zamzam suvi bilan bo‘lsa, qalb ka’basining zamzami yoshli ko‘z bo‘ladi. To labingni gapdan yummaguningcha diling go‘yo bo‘lolmaydi. Iyso alayhissalomning gapirishlari onasi bibi Maryam tutgan ro‘zaning samarasidir. Soib ... batafsil »

Rizqqa qanoat

Bayt: Medavonad odamiyro hirs dar girdi jahon, Varna gandum siynachok az bahri ro‘ziyxoraast. Tarjimasi: Hirs odamni jahonning atrofida yugurtiradi. Bo‘lmasa, bug‘doy rizq yeguvchi uchun siyna yoruvchidir. Harislik, ochofatlik, yeb to‘ymaslik kishini tinch o‘tirishga qo‘ymaydi. Balki bu sifatga ega bo‘lgan odam yaxshi yeb-ichish ilinjida yer sharining u boshidan bu boshiga yelib yuguraveradi. Holbuki, rizq uchun bu qadar tashvish chekishga zarurat yo‘q. ... batafsil »

Yomonlarda ham yaxshilik bor

Bayt: Az badon fayz muholast ba nekon birasad, Haqqi bedoriyi duzdon ba asas bisyorast. Tarjimasi: Yomonlardan yaxshilarga fayz yetishi amri maholdir. Tun qorovullarida o‘g‘rilarning bedorlik haqi ko‘pdir. Soib rahimahulloh aytmoqchiki, odatda yomon kishining yomonligidan yaxshilarga biror fayz va manfaat yetgan emas. Bundan faqat bir holatni mustasno qilish mumkin. U ham bo‘lsa, o‘g‘rilardan tun qorovullariga yetgan fayz va manfaatdir. Zero o‘g‘rilar ... batafsil »