Bosh sahifa » Bayt (саҳифа 2)

Bayt

“Qo‘ling ochiq bo‘lmagach, qoshing ochiq bo‘lsin”

Bayt: Chun vo namekuniy gireh, xud gireh mashav, Abro‘ gushoda bosh chu dastat gushoda nest. Tarjimasi: Tugunni yecholmasang, o‘zing tugun bo‘lma. Qo‘ling ochiq bo‘lmagach, qoshing ochiq bo‘lsin. Boshiga mushkul ish tushgan kishining tugunini yechishga, muammosini hal qilishga qo‘lingiz berk bo‘lsa, ya’ni unga yordam berish uchun sizda moliyaviy imkon bo‘lmasa, qoshingizni ham berkitib, qovoq solib, tugunga o‘xshab olmang. Zero bechoraning ishini bitirib ... batafsil »

Sukut saqlash

Bayt: Dar kamingohi xamushiy metavon dar yoftan, Onchi, az ofot dar go‘yandagiy po‘shidaast. Tarjimasi: Xomushlik (sukut saqlash) pistirmasida ko‘p gapirishda nima ofatlar yashiringanini bilsa bo‘ladi. Ochiq maydonda yoki o‘rmon va chakalakzorda jang qiluvchi askar kishi dushman tomonidan otiladigan o‘qlardan himoyalanish, dushmandan yashirinish yoki uning rejalaridan sezdirmay xabar topish uchun o‘ziga qulay pistirma yasaydi. Pistirmadagi kishi qaysi tomondan o‘ziga zarar va ... batafsil »

Yoshlikni g‘animat bil

Bayt: G‘aflati nafs yake sad shavad az mo‘yi safed, Xobi sag vaqti sahargoh garon gardad. Tarjimasi: Soch-soqol oqarganidan so‘ng nafsning g‘aflati birga yuz bo‘ladi. It ham sahar vaqtida uyqusi og‘irlashadi. Soib Tabriziy bu gapni yoshlikda umrni g‘aflat bilan o‘tkazib, qariganda ibodat qilishga xomtama’ bo‘ladigan dangasalar uchun aytmoqda. Ya’ni, yoshlikda nafsni tarbiya qilib, ibodatga ko‘ndirib, undagi g‘aflatni daf qilib, yo‘qotish kerak. ... batafsil »

Qalb ko‘zi ko‘r bo‘lmasin

Bayt: Az asoyi xud xatar dorand ko‘ron vaqti jang, Be basirat az dalili xesh mulzam meshavad. Tarjimasi: Jang vaqtida ko‘rlarga o‘z hassalari xatar bo‘ladi. Basiratsiz (qalb ko‘zi ko‘r, nodon) kishi o‘zi keltirgan dalil bilan mulzam bo‘lib qoladi. A’mo kishi ko‘zi ochiq odam bilan jang qilsa, raqibi uning qo‘lidagi hassani osongina olib qo‘yib, unga qarshi ishlatib uni mag‘lub qilishi mumkin. U ... batafsil »

Keksalik

Bayt: Maxand ey navjuvon, zinhor bar mo‘yi safedi mo, Ki, in barfi parishon bar sari har bom meborad. Tarjimasi: Ey yosh yigit, bizning oq sochimizga hargiz kula ko‘rma. Chunki, bu parishon (har tomon sochilgan) qor hamma tomning boshiga yog‘adi. Keksalarning holi aynan keksalik tufayli salbiy tomonga o‘zgarishi, soch-soqollarga oq tushishi, kuch ketib, quvvatdan qolish, ko‘z, quloq, qo‘l-oyoqlarning ham zaiflashishi e’tiboridan ... batafsil »

“Obro‘yimizni gavhar evaziga bermaymiz”

Bayt: Mo obro‘yi xesh ba gavhar namedihem, Buxli bajo ba himmati Hotam barobarast. Tarjimasi: “Biz “o‘z obro‘yimizni gavhar evaziga bermaymiz. O‘z o‘rnida bo‘lgan baxillik Hotamning himmatiga tengdir”. Dunyoning arzimas matohini qo‘lga keltirish uchun o‘zimizga o‘xshagan bir banda huzurida laganbardorlik qilib, obro‘mizni to‘kishga rozi bo‘lmaymiz. Biz molu dunyomizni qurbon qilib, tarqatishga saxiy bo‘lsak ham, obro‘ni qurbon qilishga kelganda baxilmiz. Zero baxillik ... batafsil »

Nafsni o‘ldir

Bayt: Makun bar nafs rahmat bar tu chun rohi xato girad, Sazoyi kushtanast on sag ki poyi oshino girad. Tarjimasi: Nafs (o‘zingniki bo‘lat turib) seni xato yo‘lga boshlasa, unga rahm qilma. O‘z oshino (tanishi va ega)sining oyog‘idan olgan it o‘ldirilishga loyiqdir. Mujavharot, 38-b. batafsil »

Mehmon atoyi Xudo

Bayt: Rizqi mo oyad ba poyi mehmon az xoni g‘ayb, Mezboni most har kas meshavad mehmoni mo. Tarjimasi: “Bizning rizqimiz g‘ayb dasturxonidan mehmonning oyog‘i bilan keladi. Bizga mehmon bo‘lgan kishi bizning mezbonimizdir”. Xonadonimizga mehmon bo‘lib kelgan kishi bizning rizqimizni yeb ketmaydi, aksincha o‘zi ham, biz ham bilmagan holda g‘ayb xazinasidan bizga barokatli rizq kelishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan biz uni ... batafsil »

Mehmonga ikrom ko‘rsatish

Bayt: Xanda ro‘yi mehmonro gul ba jayb afshondanast, Tangxulqiy kafsh peshi poyi mehmon mondanast. Tarjimasi: Mehmonga kulgan (tabassumli) yuz bilan boqish, quchog‘iga gul sochishdir. Xulqi tanglik mehmon oyog‘i oldiga kavush qo‘yishdir. Mehmonni tabassum, ochiq chehra bilan iliq qarshi olish go‘yo uning oyog‘i ostiga guldan poyandoz tashlab kutib olish bilan barobardir. Mehmon huzurida tor fe’lli bo‘lish esa go‘yo uning oldiga kavushini ... batafsil »

Komillik jannatga yetaklar

Bayt: Noqis az komil barad lazzat zi dunyo beshtar, Diydai ahval kunad aysh du bolo beshtar. Tarjimasi: “Noqis kishi komil odamga nisbatan dunyodan ko‘proq lazzat topadi. G‘ilayning ko‘zi (narsalarni ko‘rganda) ikki barobar ko‘proq maza qiladi”. (Muntaxab, 72-b) batafsil »