Bosh sahifa » Bayt

Bayt

Sizga yo‘l ko‘rsatgan kishidan rozi bo‘ling…

Bayt: Ko‘rro az rahbari bino buridan g‘ofilist, Be sabab az ayb biyni xesh ranjidan charo? Tarjimasi: “Ko‘rni ko‘zi ochiq yo‘lboshchidan ajratib qo‘yish g‘ofillikdir. O‘zingning ayb ko‘ruvchingdan besabab ranjish nimaga?” Ko‘zi ojiz kishining qo‘lidan tutib, uni boshqarib ketayotgan odamni hamma maqtovga loyiq deb hisoblaydi. Ko‘zi ojiz kishining o‘zi ham manziliga yetib borgunicha uning haqiga duolar qilib ketadi. Mana shu ojizni o‘z ... batafsil »

Husni xulq

Bayt: Ba husni xulq dilhoro musaxxar metavon kardan, Ba in anbar du olamro muattar metavon kardan. Tarjimasi: “Go‘zal xulq bilan qalblarni zabt qilish mumkin. Bu mushki anbar bilan ikki olamni muattar qilish mumkin” Inson o‘zining chiroyli xulqi va go‘zal muomalasi bilan boshqalarning qalblarini o‘ziga rom qiladi. Go‘zal axloqdan shu qadar shirin xo‘shbo‘ylik tarqaladiki, u bilan insonning bu dunyosi ham, oxirati ... batafsil »

Go‘zal xulq

Bayt: Obu rangi surati zohir du ro‘zi besh nest, Husni axloqi jamil az ro‘yi zebo behtarast. Tarjimasi: “Zohiriy ko‘rinishning suvi hamda rangi ikki kundan ortiq emas. Go‘zal axloqning chiroyligi zebo yuzdan yaxshiroqdir” Hoji Domla Hindistoniy rahimahulloh o‘z suhbatlaridan birida aytadilar: “Yuzingiz sutdek tiniq bo‘lib, qoshu ko‘zlaringiz qora bo‘lgani bilan bu chiroyning hech e’tibori yo‘q. Chunki bir isitma kasal bilan o‘zgarib ... batafsil »

Baxil bo‘lmang

Bayt: Nish boshad qismati zanbur az daryoyi shahd, Mumsik az qahri Xudo bebahra az moli xudast. Tarjimasi: “Asal daryosidan arining nasibasi uning nishidir. Baxil Xudoning qahri sababli o‘z molidan bebahradir” Asalariga tinmay to‘plagan daryodek ko‘p asalidan tekkan nasiba o‘zining zaharli nayzasi bo‘ladi, xolos. Xuddi shunday baxil odam ham Xudoning qahriga uchragani sababli to‘plagan mol-dunyosidan o‘zi bahra ololmaydi. Arining asalidan boshqalar ... batafsil »

Ehson

Bayt: Maddi ehsonro du chandon mekunad ro‘yi kushod, Xandayi barq az sahobi gavharafshon xushnamost. Tarjimasi: “Ochiq chehralik ehsonni ikki barobar qilib yuboradi. Gavhar sochuvchi bulutning chaqmoq – kulgusi go‘zaldir” Muhtojga ehson qilayotgan paytda kishining yuzida go‘zal tabassum bo‘lishi uning ehsoni ustiga ehson deb hisoblanadi. Yerga o‘zining gavhardek ehsonlarini sochuvchi bulutning kulishi – chaqmog‘i uning yog‘dirayotgan ehsonini yanada go‘zalroq qilib ko‘rsatadi. ... batafsil »

G‘aflat uyqusi

Bayt: Chunonki, shir kunad xobi tiflro shirin, Fuzud g‘aflati man az safed mo‘yiho. Tarjimasi: Sut go‘dakning uyqusini shirin qilganidek oq soch-soqollardan mening g‘aflatim ko‘paydi. Soib rahimahulloh bu baytda faqat o‘ziga xitob qilayotganga o‘xshagani bilan sizu bizni ham nazarda tutgan. Bilamizki, onaning oppoq sutini ichgan bola shirin uyquga ketadi. Men esa soch-soqolim oqarganidan so‘ng g‘aflat uyqusiga ketdim. Aslida shunday bo‘lishi kerakmidi? ... batafsil »

Umr tongi

Bayt: Chun siyohiy shud zi mo‘ hushyor meboyad shudan, Subh chun ravshan shavad bedor meboyad shudan. Tarjimasi: Soch-soqoldan qoralik ketgach, hushyor bo‘lish kerak. Tong yorishgach, bedor bo‘lish kerak. Inson doimo hushyorlik, ya’ni aql bilan ish tutishi, xususan, soch-soqoliga oq oralaganidan so‘ng yanada hushyorlikni oshirishi lozim. Zero aqlli inson borki, tong otishi bilan uyg‘onishga harakat qiladi. Bu baytda soch-soqol qoraligini tun ... batafsil »

Zolim oldida yig‘lamang…

Bayt: Izhori ajz peshi sitamgar zi ablahiyst, Ashki kabob boisi tug‘yoni otashast. Tarjimasi: “Zolim oldida ojizlikni izhor qilish nodonlikdir. Kabobning yig‘lashi olovning tug‘yoniga sababdir” Mazlum kishi “zolimning oldida yig‘lasam, uning rahmi keladi”, deb o‘ylaydi. Bunday deb o‘ylashi uning nodonligi yoki o‘ta soddaligidan dalolat. Hazrat Soib rahimahulloh aytgan bu da’vosiga kabobning holini misol qilib keltiradi. O‘xshatishning go‘zalligini qarang. Olov tepasidagi kabobning ... batafsil »

Befoyda so‘z zarari

Bayt: Umri xud ko‘toh kardu nomai xudro siyoh, Harki, Soib chun qalam sar dar sari guftor kard. Tarjimasi: “O‘z umrini qisqa qildi, o‘z nomasini qaro qildi, Ey Soib, kimki, qalam kabi boshini gap uzra qilsa.” Soib rahimahulloh bu baytda ham o‘ta yuqori mazmunga ishora qilmoqda. Bilamizki, uchi chiqarilgan qalam hech narsa yozmay turaversa, o‘zi ham kamaymaydi, qog‘ozni ham qoraytirmaydi. Aksincha, ... batafsil »

Orzu…

Bayt: Orzu dar tab’i piyron az javononast besh, Dar xazon har barg chandin rang paydo mekunad. Tarjimasi: Qarilarning tabiatida orzu yoshlarnikidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi. Kuzda har bir barg bir necha xil rang paydo qiladi. Bilamizki daraxtlarning barglari ilk ochilgan vaqtida bir xil rangda bo‘ladi, kuz kelgach esa turli rangga tovlanadi. Hazrat Soib rahimahulloh inson qarigani sari unda rang-barang orzular paydo bo‘lishini ... batafsil »