Ummu Dardo roziyallohu anho Alloh taoloning “Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir” degan oyati karimasini quyidagicha tafsir qilganlar: “Namoz oʻqishing ham Allohni zikr qilishdandir. Roʻza tutishing ham Allohni zikr qilishdandir. Qiladigan har bir yaxshi amaling va gunoh boʻladigan har bir ishdan saqlanishing ham Allohni zikr qilishdandir. Bundan ham afzali esa Allohni noloyiq boʻlgan sifatlardan poklashdir”. Fuzayl ibn Iyoz rahmatullohi alayh Alloh ... batafsil »
Muallif arxivlari: siteadmin
Nabiy alayhissalom Oʻz nafslari uchun intiqom olmaganlar
U zot Oʻzlariga qarshi eng odobsiz va eng adolatsiz soʻz aytilganda ham garchi, u soʻz qalblariga benihoya ogʻir botsa ham, gʻazablari junbushga kelganidan yuzlari oʻzgarib qolsa ham baribir, nafslari ustidan gʻolib kelib: “Muso (alayhissalom)ga bundan battarroq ozorlar berishgan lekin, u kishi sabr qilganlar”, deya oʻzlariga taskin berib, ketaverganlar. Oʻshanda jangdan soʻng oʻljalar taqsim qilinayotganda ansorlardan boʻlgan bir kishi Nabiy alayhissalomning ... batafsil »
“Nega sen qanoti singan qushga ovqat beradigan sogʻlom qush boʻlmaysan?!”
Xalaf ibn Tamimdan rivoyat qilinadi: “Ibrohim ibn Adham rahimahulloh va Shaqiq Balxiy rahimahulloh Makkada uchrashib qolishdi. Ibrohim soʻradi: – Ishingni avvali (soʻfiylik) qanday boʻlgan? Shaqiq dedi: – Sahroda ketayotgan edim. Sahroda qanotlari sinib yerda yotgan bir qushni koʻrdim. Uning qayerdan rizqlanishini koʻraman deb undan uzoqroqda turib kuzatib turdim. Bir qush ogʻzida chigirtka bilan uchib keldi. Qanoti singan qushning ogʻziga chigirtkani ... batafsil »
“Tasavvufning hukm va masalalari ham sharʼiy ahkomlardir”
Haqiqiy tasavvufning hukm va masalalari ham darhaqiqat sharʼiy ahkomlardir. Lekin fiqh kitoblarida bir xos sabab tufayli yozilmagan. Odamlar umuman olganda tasavvufning asl haqiqatini anglab yetmadilar. Avrod, vazifalar, mashgʻulotlar, kashf, ilhom, zavqlar hamda mavojidlar (turli kayfiyatlar)ning nomini tasavvuf deb nomlab oldilar. Mana shu sababli u sharʼiy ahkomlardan alohida boshqa bir narsadek koʻrinadi. Aslida esa tariqat shariatga mukammal amal qilishning nomidir. Namoz, ... batafsil »
Qilmish-qidirmish…
Kichik qishloqda gap tez tarqaladi: emishki, baqqol tarozidan urib qolib, odamlarni aldayotgan ekan. Hammasi novvoyning qishloq qozisi oldiga shakar sotuvchi savdogar ustidan shikoyat qilib borishidan boshlandi. “Men undan pishiriq uchun har kuni yuz misqol (500 gramm) shakar sotib olaman. Odatimga koʻra, undan olgan shakarni ishlatishdan oldin taroziga tortdim. Ne koʻz bilan koʻrayki, muttaham savdogar menga sotgan qadoqda yuz emas, sakson ... batafsil »
Oʻtkir Hoshimov. “Toʻychiboy”
Toʻychiboy toʻy qiladigan boʻldi: sunnat toʻy… “Sabzi toʻgʻrar”ga kelgan mahalla oqsoqollari “yuz kilo guruch damlash shartmi, oʻzingizni qiynamay qoʻya qoling”, degan edi, astoydil xafa boʻldi: – Nima, men odammasmanmi? Oʻzimga yarasha orzu-havasim bor, ulfatlarim bor… Men ham yurtning oshini yeganman… …Shunday boʻldi… Yuz kilo emas, yuz yigirma kilo osh damlandi… Tong otmasdan hofizlar xonish qildi… Guras-guras odamlar keldi… Toʻychiboy “yuz ... batafsil »
Muhammad ismidagi xususiyat
Qozi Muhammad Sulaymon Salmon Mansurpuri rahmatullohi alayh aytadilar: Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday deydi: مُّحَمَّدٌ رَّسُولُ اللَّهِ Yaʼni: “Muhammad Allohning Rasulidir” (“Fath” surasi, 29-oyat) Yuqoridagi oyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ham ismlari, ham vazifalari aytib oʻtilgan. Har ikki jihatdan oyati karima nabaviy xususiyatni bayon qilgan. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shaʼnlari yuksakligini bayon qilishda, muborak ismlari ham oʻziga xos xususiyat tutadi. Maʼlumki, anbiyoi ... batafsil »
“Menga boylik kerak emas!”
Rivoyat qilishlaricha qadim oʻtmishda bir musulmonlar oʻlkasida hayratlanarli voqea boʻlgan ekan. Bir boy kishi kasal boʻlib, ketishi maʼlum boʻlgach, odamlarga qarata: – Kim vafot qilganimdan keyin qabrimda men bilan bir kecha yotsa molu davlatimning yarmini oʻshanga qoldiraman, – debdi. Bu gapni bozorda ishlab yurgan bir hammol ham eshitibdi. Hammol oʻylab koʻrib: – Shu qoʻlimdagi arqonimdan boshqa yoʻqotadigan nimam ham bor, ... batafsil »
LIVE: Juma mavʼizasi. Makkai Mukarramadan
Ilhomjon Madaliyev, “Zangiota” jome masjidi imom-xatibi batafsil »
Miyqot. “Tanʼim” masjidi (Oisha roziyallohu anho masjidlari)
Ilhomjon Madaliyev, “Zangiota” jome masjidi imom-xatibi batafsil »