Bayt: Maddi ehsonro du chandon mekunad ro‘yi kushod, Xandayi barq az sahobi gavharafshon xushnamost. Tarjimasi: “Ochiq chehralik ehsonni ikki barobar qilib yuboradi. Gavhar sochuvchi bulutning chaqmoq – kulgusi go‘zaldir” Muhtojga ehson qilayotgan paytda kishining yuzida go‘zal tabassum bo‘lishi uning ehsoni ustiga ehson deb hisoblanadi. Yerga o‘zining gavhardek ehsonlarini sochuvchi bulutning kulishi – chaqmog‘i uning yog‘dirayotgan ehsonini yanada go‘zalroq qilib ko‘rsatadi. ... batafsil »
Muallif arxivlari: siteadmin
Taroveh suhbatlari (17-kun). Kunlik nafs tarbiyasi
Ilhomjon Madaliyev, “Mo‘yi Muborak” “Ukkosha” jome’ masjidi imom xatibi batafsil »
Vaqtdagi baraka
Alloh do‘stlarining vaqtlari barakali bo‘ladi degan gap juda mashhur, balki mushohad hamdir, ya’ni ko‘z bilan ham ko‘rilgandir. Ular ozginagina vaqtda juda katta-katta ishlarni qilib yuboradilar. Imom G‘azzoliy rahimahullohning mukammal umrlari u kishining yozgan asarlarining hisobi bilan taqsimlanganida bir kunga o‘n olti juz kitob to‘g‘ri kelgan. Buni hech qandayiga tushunib bo‘lmaydi. Imom Abdulvahhob Sha’roniy o‘z kitobi “Al-yavoqiyt val-javohir”da shunday yozadilar: “Bu ... batafsil »
Juma ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Juma ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin! Ushbu kundagi juma mav’izasidan “Mo‘yi Muborak” “Ukkosha” jom’ye masjidining facebook tarmog‘idagi https://www.facebook.com/ukkosha.shosh.uz/ sahifasi orqali bahramand bo‘lishingiz mumkin. Do‘stlaringizga ham ulashing, toki ushbu ulug‘ kun mav’izasidan hech kim bebahra qolmasin! batafsil »
Xatmona duosi (video)
Илҳомжон Мадалиев, “Мўйи Муборак” “Уккоша” жомеъ масжиди имом хатиби batafsil »
G‘aflat uyqusi
Bayt: Chunonki, shir kunad xobi tiflro shirin, Fuzud g‘aflati man az safed mo‘yiho. Tarjimasi: Sut go‘dakning uyqusini shirin qilganidek oq soch-soqollardan mening g‘aflatim ko‘paydi. Soib rahimahulloh bu baytda faqat o‘ziga xitob qilayotganga o‘xshagani bilan sizu bizni ham nazarda tutgan. Bilamizki, onaning oppoq sutini ichgan bola shirin uyquga ketadi. Men esa soch-soqolim oqarganidan so‘ng g‘aflat uyqusiga ketdim. Aslida shunday bo‘lishi kerakmidi? ... batafsil »
Umr tongi
Bayt: Chun siyohiy shud zi mo‘ hushyor meboyad shudan, Subh chun ravshan shavad bedor meboyad shudan. Tarjimasi: Soch-soqoldan qoralik ketgach, hushyor bo‘lish kerak. Tong yorishgach, bedor bo‘lish kerak. Inson doimo hushyorlik, ya’ni aql bilan ish tutishi, xususan, soch-soqoliga oq oralaganidan so‘ng yanada hushyorlikni oshirishi lozim. Zero aqlli inson borki, tong otishi bilan uyg‘onishga harakat qiladi. Bu baytda soch-soqol qoraligini tun ... batafsil »
Ro‘za bizdan nima talab qiladi? 6-mavzu: Hazrati Yusuf alayhissalomning taqvolari
Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: Hazrati Yusuf alayhissalom Zulayho tarafidan fitnaga uchradilar. Buni bilmagan biror musulmon bo‘lmasa kerak. Qur’oni karimda Zulayho Hazrati Yusuf alayhissalomni gunohga chorlagani aytiladi. O‘sha payt Zulayhoning qalbida ham gunoh fikri paydo bo‘ldi va Hazrati Yusuf alayhissalomning qalblariga ham gunoh fikri keldi. Omma xalq shu sababli Hazrati Yusuf alayhissalomga e’tiroz bildiradi va u kishini ... batafsil »
Zolim oldida yig‘lamang…
Bayt: Izhori ajz peshi sitamgar zi ablahiyst, Ashki kabob boisi tug‘yoni otashast. Tarjimasi: “Zolim oldida ojizlikni izhor qilish nodonlikdir. Kabobning yig‘lashi olovning tug‘yoniga sababdir” Mazlum kishi “zolimning oldida yig‘lasam, uning rahmi keladi”, deb o‘ylaydi. Bunday deb o‘ylashi uning nodonligi yoki o‘ta soddaligidan dalolat. Hazrat Soib rahimahulloh aytgan bu da’vosiga kabobning holini misol qilib keltiradi. O‘xshatishning go‘zalligini qarang. Olov tepasidagi kabobning ... batafsil »
Ro‘za bizdan nima talab qiladi? 4-5-mavzular
“Ko‘rning gunohga nazar solishdan saqlanishi hayratomuz ish emas” Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: Masalan, bir shaxs ko‘z nuridan mahrum, shu sababli butun umr hech qachon fahsh film ko‘rmadi, hech ham TVda behayo narsalar ko‘rmadi, hech ham nomahramga nazar solmadi. Aytingchi, ushbu gunohlarni qilmasligida biror hayratga soladigan narsa namoyon bo‘ldimi? Yo‘q. Chunki, unda ushbu gunohlarni qilishga salohiyat va ... batafsil »