Bosh sahifa » Muallif arxivlari: siteadmin (саҳифа 18)

Muallif arxivlari: siteadmin

Savob bag‘ishlashning sahih tariqasi

Bir kishi Ashraf Aliy Tahonaviy rahmatullohi alayhdan: “Nima uchun sizlar mayyitga savob bag‘ishlashdan qaytarasizlar?” deb so‘ragan edi, u kishi shunday dedilar: “Mayyitga savob bag‘ishlashdan kim man’ qilar ekan? Hyech kim man’ qilmaydi. Ha, uning sahih tariqasi aytiladi. Ya’ni savob bag‘ishlashning shar’iy yo‘lini aytish lozim. Bu gapning tafsiloti shuki, maqsad mayyitga savob yetishidir. Savob hosil bo‘lishi esa amal qiluvchining ixlosiga bog‘liq. ... batafsil »

“Naqadar buyuk adolat!”

Ashraf Aliy Tahonaviy rahmatullohi alayh aytdilar: “Alloh taoloning ahllari (do‘stlari) juda odil bo‘ladilar. Har narsada odillik va mo‘’tadillikni yoqtiradilar. Hazrat Mirzo Joni jonon rahmatullohi alayh juda nozik tabiatli, o‘ta injiq kishi bo‘lganlar. Lekin men u kishining odilligiga dalolat qiladigan bir voqyeani aytib beraman. Kunlardan birida muridlaridan biriga: “Sen bolalaringni olib kel, biz ularni ko‘rmoqchimiz”, dedilar. Bechora murid: “Hazratning mijozi nozik, ... batafsil »

Pulning qiymati

Ashraf Aliy Tahonaviy rahimahulloh aytdilar: “Ba’zi odamlar zaruriyyat sababidan, ya’ni o‘zining zaruriy hojatlarini bitirish uchun pul topishga harakat qiladi. Zarurati bitgach esa umr bo‘yi ham pulning yuzini ko‘rishni istamaydi. Ba’zilarning esa pulning o‘ziga taalluqi (aloqasi, muhabbati) bo‘ladi. Bu juda yomon kasallikdir. Bunday odam “Mening mana shuncha pulim bor”, deb maza qiladi. Pulga muhabbat va undan maza qilish haqida gap ketganda ... batafsil »

Juma ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Juma ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin! Ushbu kundagi juma mav’izasidan “Mo‘yi Muborak” “Ukkosha” jom’ye masjidining facebook tarmog‘idagi https://www.facebook.com/ukkosha.shosh.uz/ sahifasi orqali bahramand bo‘lishingiz mumkin. Do‘stlaringizga ham ulashing, toki ushbu ulug‘ kun mav’izasidan hech kim bebahra qolmasin! batafsil »

Sizga yo‘l ko‘rsatgan kishidan rozi bo‘ling…

Bayt: Ko‘rro az rahbari bino buridan g‘ofilist, Be sabab az ayb biyni xesh ranjidan charo? Tarjimasi: “Ko‘rni ko‘zi ochiq yo‘lboshchidan ajratib qo‘yish g‘ofillikdir. O‘zingning ayb ko‘ruvchingdan besabab ranjish nimaga?” Ko‘zi ojiz kishining qo‘lidan tutib, uni boshqarib ketayotgan odamni hamma maqtovga loyiq deb hisoblaydi. Ko‘zi ojiz kishining o‘zi ham manziliga yetib borgunicha uning haqiga duolar qilib ketadi. Mana shu ojizni o‘z ... batafsil »

Viloyat odamlarining soddaligi

Ashraf Aliy Tahonaviy bir kuni shunday dedilar: “Aksar viloyatlarning odamlarida hozir ham soddalik, xolislik, muruvvat (odamgarchilik) va muhabbat bor. Lekin Hindistonning inglizlar g‘alaba qilgan joylarida na odob, na xolislik, na odamgarchilik va na soddalik bor. U yerdagi odamlarning har biri ko‘zingizga “Fir’avni besomon”, ya’ni asbob-anjomsiz Fir’avn bo‘lib ko‘rinadi. O‘zi hech vaqosi yo‘q, lekin kibru g‘ururi olamni tutadi. Viloyatlarning soddaligi haqida ... batafsil »