Bosh sahifa » Ibrat » Tavbadan umid

Tavbadan umid

Kimning gunohi shahvatdan bo‘lsa, uning tavbasidan umid bor. Kimning gunohi kibrdan bo‘lsa, bundan qo‘rqgulik. Chunki Odam shahvat ortidan gunoh qildilar, shu sabab kechirildi. Shayton esa kibrlangan holda osiy bo‘ldi, shu sabab laʼnatlandi.

Sufyon ibn Uyayna rahimahulloh

Izoh:

Shahvatdan bo‘lgan gunoh – bir narsaga qiziqish ortidan bo‘ladigan gunoh. Ayollarga, mol-dunyo yig‘ishga, farovon yashashga qiziqish va bola-chaqaga muhabbat qo‘yishlar sababli qilingan gunohlar bunga misol bo‘ladi.

Kibrdan, yaʼni o‘zini katta olishdan bo‘ladigan gunohlarga esa mutakkabbirlik, hasad, g‘azab, ko‘rolmaslik, riyo, ujb kabi maʼsiyatlar kiradi.

“Uni poklagan najot topur”

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*