Tobeʼinlarning ulug‘laridan Hasan Basriyning shunday so‘zlari bor: «Husni xulq – ochiq yuzli, xayru saxovatli bo‘lish, ozor berishdan tiyilishdir».
Shoh Kirmoniy aytadi: «Go‘zal xulq – ozorlardan tiyilish va mashaqqatga sabr-toqatdir».
Hazrati Aliy shunday degan: «Go‘zal xulq uchta xislat bilan hosil bo‘ladi: haromdan tiyilish, halolni izlash, ahliga bag‘rini keng qilish».
Sahl ibn Abdulloh Tustariydan go‘zal xulq haqida so‘rashdi: «Go‘zal xulning eng quyi darajasi mashaqqatlarni ko‘tarish, mukofotdan kechish, zolimga rahm-shafqat qilib, unga mag‘firat tilash», dedi.
“Ular shunday yashashgan”