Rivoyat qilishlaricha, bir kuni Umar roziyallohu anhu yelkalarida mesh ko‘tarib chiqibdilar. Xalifa bo‘lishlariga qaramay, mesh ko‘tarib olgan hazrati Umarni ko‘rgan kishilar hayron bo‘lib, «Ey mo‘minlar amiri, bu nima holat?» deb so‘rashdi. Shunda hazrati Umar roziyalohu anhu: «O‘zimdan ujblanib* ketdim, shuning uchun nafsimni qiynamoqchiman», deb javob berdilar.
* Manmansirash, o‘zida biror fazilatni ko‘rib, g‘ururlanish hamda o‘sha fazilatni ato etgan Zotni unutib qo‘yish. Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, «Ruhiy tarbiya». 1-j, 394-b.
“Solihlar gulshani”dan