Kimni g‘aflat o‘ldirgan bo‘lsa, u baxtsizligu balolardan uzoqlashishi kerak. Yo‘qsa, bu balolar unga ko‘z ochirmaydi. Chunki aqli noqis ayolgina, bolasi o‘lganda ham tirjayib turadi. Shunga o‘xshab sen ham tun namozidan va kunduz ro‘zasidan chetda qolar ekansan, bu qalbing o‘lar holga kelib qolganidan darak. Tirik jonga tikon kirsa ozorlanadi, og‘riq sezadi. O‘likni tig‘ bilan qancha qiymalama, baribir sezmaydi.
Shunday bo‘lsa, hikmat majlislarida o‘tirgin. Chunki ularda jannat neʼmatlaridan tortiqlar bor. Ularni yo‘llaringda, hovlingda va uyingda topasan. Ushbu majlislardan qolib ketmagin. Agar maʼsiyat ustida bo‘lsang ham: «Majlisga hozir bo‘lishimdan ne foyda? Gunohkor bo‘lsam, gunohni tark etishga kuchim yetmasa», demagin. Balki kamonchi otishi kerak. Nishonga bugun tegmasa, ertaga tegadi
Ibn Atoulloh Sakandariy rahimahulloh
“Uni poklagan najot topur”