Islom dini inson hayoti davomida dunyoning baland-pastliklari uzra saodat va to‘g‘ri yo‘lga yetaklovchi yo‘lboshlovchidir. Alloh insonga yer yuzini makon qildi va unda turli munosabatlarni, xususan iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni yaratishga imkon berdi. Har bir insonga fitrat berdi va insonni yangilikka intiluvchan qildi. Ammo ular bilan birga insonda ochko‘zlik va badnafslik, yomon feʼl va zolimlik sifatlari ham bor. Islom muayyan axloqiy va ijtimoiy chegaralarni adolat bilan o‘rnatib, moddiy boyliklardan foydalanishda adolatsizlikni oldini oladigan iqtisodiy-moliyaviy tamoyillarni belgilab berdi. Ushbu tamoyillarga amal qilish inson uchun yer yuzida halol rizq topishga va oxiratda Allohning roziligini topishga yordam beradi.
Islom iqtisodiyoti “ruxsat etilgan/yaxshilik/to‘g‘rilik/xayr” asoslaridan kelib chiqadi, yaʼni u “Xayr” nimaligini belgilaydi va odamlaga shu “Xayr”ni eng samarador va foydali usullar bilan muyyan cheklovlarga amal qilshan holda qo‘lga kiritishga chorlaydi. Shunday qilib, islom iqtisodiyoti shaxsiy erkinlik, xususiy mulk, tadbirkorlik ruhi, moliyaviy foyda olish vaji va qilinadigan saʼy-harakatlar va mukofot o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni kafolatlaydi.
Boshqa tarafdan esa, islom iqtisodiyoti muayyan axloqiy filtrlarni joriy etadiki, bu turli darajalarda ijtimoiy adolatni taʼminlashga xizmat qiladi.