Bosh sahifa » Mav'izalar » Foydali ilm alomatlari

Foydali ilm alomatlari

“Foydali ilm alomatlari nima?” degan bir savol zehnda paydo bo‘ladi. Ha, shunday. Foydali ilm ham bo‘ladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizga shunday duo o‘rgatganlar:

اللهم إني أعوذ بك من علم لا ينفع

Yaʼni: “Ey, Allohim! Men Sendan foyda bermaydigan ilmdan panoh so‘rayman”

Chunonchi, foydali ilmning ikki alomati bordir:

Birinchi alomati – bandaga u ilmga amal qilishlik nasib bo‘ladi.

Hazrat Mavlono Muftiy Muhammad Shafiʼ Usmoniy rahmatullohi alayh bir kuni talabalardan: “Aytingchi, ilmning maʼnosi nima?” deb so‘radilar.Talabalar javob berishdi: “bilish, yetkazish… va hakozo”.

Hazrat jim turdilar. Oxiri bir talaba: “Hazrat o‘zingiz aytib bering”, dedi.

Shunda, Hazrat: “Ilm nurdir. Ilm hosil bo‘lgandan keyin unga amal qilmasdan turib sukun va xotirjamlik bo‘lmaydi”, dedilar.

Agar qalbning holati shunday bo‘lsa, demak, u foydali ilmdir.Unga amal qilmasdan turib, bandaga sukun va xotirjamlik nasib bo‘lmaydi. Gunohkor ham o‘tirib Alloh taolodan tinmay yig‘lab mag‘firat so‘ramasdan turib, unga sukun va xotirjamlik nasib bo‘lmaydi. Ichda bir olov yonadi.

Ikkinchi alomati – bandaning qalbida Alloh taolodan qo‘rquv ziyoda bo‘ladi.

“Fotir” surasida shunday deyiladi:

إِنَّمَا يَخْشَى اللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ الْعُلَمَاء

Yaʼni: “..Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar” (“Fotir” surasi, 28-oyat).

Qarang! Qurʼoni karim alomatni bayon qilmoqda, shubhasiz, faqatgina olimlargina Alloh taolodan qo‘rqadilar. Insonning qalbida xushuʼ, qo‘rquv juda ziyoda bo‘ladi. Mana shu ilm foydali ilmdir.

Imom G‘azzoliy rahmatullohi alayh: “Buyuk olim shuki, unga gunohlarning zararlari ko‘proq oshkor bo‘ladi” deganlar. Gunohlarning zararlari qancha ko‘p oshkor bo‘lsa, u shuncha ko‘p uzoqlashadi.

Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahullohning “Ilme nafeʼ” kitobidan Abdulqayyum Komil tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*