Bosh sahifa » Ibrat » Umar roziyallohu anhuning ilm olishda sherigi bilan navbatlashgani haqida

Umar roziyallohu anhuning ilm olishda sherigi bilan navbatlashgani haqida

Imom Buxoriy o‘zining “Sahih” kitobi ilm bo‘limida “Ilm uchun navbatlashish haqida”gi bobda va nikoh bo‘limidagi “Otaning qiziga qilgan nasihati” bobida Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:

“Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytadi: “Men bir ansoriy qo‘shnim bilan birga Banu Umayya ibn Zayd yerlarida ishlar edik (bu yerlar Madinaning sharq tomonida joylashgan kichik qishloqlarning nomi). Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borishda navbatlashar edik. Bir kun u borar edi, bir kun men borar edim. Agar men borsam, unga o‘sha kunda nozil bo‘lgan vahiy va boshqa narsalar haqidagi xabarlarni aytib berar edim. Agar u boradigan bo‘lsa, u ham xuddi shunday qilardi”.

Shayx Abdulfattoh Abu G‘uddaning «Ulamolarning tahsil davomida chekkan mashaqqatlaridan sahifalar» kitobidan

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*