Bosh sahifa » Tasavvuf » Zikrning foydalari haqida solihlarning soʻzlari

Zikrning foydalari haqida solihlarning soʻzlari

Ummu Dardo roziyallohu anho Alloh taoloning “Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir” degan oyati karimasini quyidagicha tafsir qilganlar: “Namoz oʻqishing ham Allohni zikr qilishdandir. Roʻza tutishing ham Allohni zikr qilishdandir. Qiladigan har bir yaxshi amaling va gunoh boʻladigan har bir ishdan saqlanishing ham Allohni zikr qilishdandir. Bundan ham afzali esa Allohni noloyiq boʻlgan sifatlardan poklashdir”.

Fuzayl ibn Iyoz rahmatullohi alayh Alloh taoloning “Bas, meni eslangiz, sizni eslarman” degan oyati karimani: “Men buyurgan ibodatlarni bajarish bilan meni esga olinglar. Men ham sizlarni qilgan gunohlaringizni magʻfirat qilish ila sizlarni esga olaman” deb, tafsir qilganlar.

Hasan Basriy rahmatullohi alayhning oldilariga bir ayol kelib, “Ey Abu Said! Allohni zikr qilganimda qalbim yumshaydi. Zikr qilmaganimda esa nafsim meni yomon ishlarga undaydi” dedi. Hasan Basriy rahmatullohi alayh: “Sen qalbingni isloh qiladigan narsani qilaver, yaʼni Allohni zikr qilishda bardavom boʻlaver” dedilar.

Abu Ubayda rahmatullohi alayh aytadilar: “Inson Allohni zikr qilib yurganida xuddi namozdagi kishi kabi boʻladi. Agar zikr vaqtida tili va qalbi harakatlansa, bu yanada fazilatdir”.

Suhayl ibn Hanzala rahmatullohi alayh atadilar: “Menga aytilishicha, qaysi bir qavm Allohni zikr qilish uchun toʻplansa, oʻrinlaridan turishlaridan oldin ularga: “Gunohlaringiz kechirilgan holatda turinglar. Batahqiq sizlarning yomon ishlaringiz hasanotga almashtirildi” deb, nido qilinadi.

Doktor Vahba Zuhayliy, “Usulul iymon val islom”

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*