Bosh sahifa » Tasavvuf » “Tasavvufning hukm va masalalari ham sharʼiy ahkomlardir”

“Tasavvufning hukm va masalalari ham sharʼiy ahkomlardir”

Haqiqiy tasavvufning hukm va masalalari ham darhaqiqat sharʼiy ahkomlardir. Lekin fiqh kitoblarida bir xos sabab tufayli yozilmagan.

Odamlar umuman olganda tasavvufning asl haqiqatini anglab yetmadilar. Avrod, vazifalar, mashgʻulotlar, kashf, ilhom, zavqlar hamda mavojidlar (turli kayfiyatlar)ning nomini tasavvuf deb nomlab oldilar. Mana shu sababli u sharʼiy ahkomlardan alohida boshqa bir narsadek koʻrinadi. Aslida esa tariqat shariatga mukammal amal qilishning nomidir. Namoz, roʻza va hokazo zohiriy amallarni ado qilish kabi botiniy amallarni isloh qilish ham uning muhim bir juzʼidir. Botiniy amallarning ichida birinchi oʻrinda aqoidni durust qilish, keyin esa axloqni isloh qilish turadi. Takabbur, hasad, bugʻz, hirs, hubbi joh (martabani sevish) va hokazo yomon xulqlardan saqlanish, tavozuʼ, qanoat, sabr, shukr, Alloh va Rosuliga komil muhabbat va shu kabi goʻzal xislatlarni paydo qilish lozim.

Imomi Abdulvahhob Shaʼroniy oʻzlarining “Al yavoqit val javohir” nomli kitoblarining birinchi jildi, uchinchi faslida shunday yozadilar: «Salafi solihlar – sahobalar, tobeʼinlar, mujtahid imomlarning zamonasida botiniy amallar va ularning ahkomlarini tadvin qilish (kitob shaklida yozish) shuning uchun zaruriy deb bilinmaganki, oʻsha paytda har bir musulmon xonadon unga amaliy jihatdan ahamiyat qaratar edi. Har bir kishi undan voqif (xabardor) va har bir kishi unga omil (amal qiluvchi) edi. Keyinchalik odamlarda jaholat, gʻaflat va kamchiliklar boshlanganidan keyin, salaflar asrining oxirgi davriga kelib uni tadvin qilish (kitobiy shaklda yozish) boshlandi. Bu goʻyo shunga oʻxshaydiki, On Hazrat sollallohu alayhi va sallamning muborak zamonalarida hadis va fiqh kitob shakliga solinmagan edi. Ummat kattalari yozishga zarurat sezishlari bilan darajama-daraja, avval hadis keyin fiqh va usuli fiqh tadvin qilindi.

Xulosa shuki, botiniy amallarning ahkomlari fiqh kitoblarida yozilmagani sababli bu sharʼiy ahkom emas ekan yoki uning ahamiyati namoz, roʻza va boshqa ahkomlardan kamroq ekan, deb aldanib qolmang.

“Majolisi hakimul umma”
Muhammad Shafiʼ Usmoniy

Yorqinjon qori Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*