Bosh sahifa » Ilm » Muhammad ismidagi xususiyat

Muhammad ismidagi xususiyat

Qozi Muhammad Sulaymon Salmon Mansurpuri rahmatullohi alayh aytadilar:

Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday deydi:

مُّحَمَّدٌ رَّسُولُ اللَّهِ

Yaʼni: “Muhammad Allohning Rasulidir” (“Fath” surasi, 29-oyat)

Yuqoridagi oyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ham ismlari, ham vazifalari aytib oʻtilgan. Har ikki jihatdan oyati karima nabaviy xususiyatni bayon qilgan.

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shaʼnlari yuksakligini bayon qilishda, muborak ismlari ham oʻziga xos xususiyat tutadi. Maʼlumki, anbiyoi kirom (alayhimussalom)larning ichida biror paygʻambarning ismida ham bunday xususiyat topilmaydi. Namuna tarzida bir necha ismlar quyida zikr qilinadi:

1) Odam alayhissalom ismlarining maʼnosi bugʻdoy rangli deganidir. Bashariyat otasining bu nomi, u kishining jismdagi ranglarini bayon qiladi.

2) Nuh alayhissalom ismlarining maʼnosi orom deganidir. Otalari u kishini orom va rohatga sabab deb ahd qilganlar.

3) Isʼhoq alayhissalom ismlarining maʼnosi tabassum qiluvchi deganidir. U kishi doimo ochiq chehrali boʻlganlar.

4) Yaʼqub alayhissalom ismlarining maʼnosi ortdan ergashib keluvchi deganidir. U kishi akalari bilan birga egiz holatda tugʻilganlar.

5) Muso alayhissalom ismlarining maʼnosi suvdan chiqarib olingan deganidir. U kishi solingan sandiqcha suvdan chiqarib olinganida, bu ism qoʻyilgan.

6) Yahyo alayhissalom ismlarining maʼnosi uzoq umr deganidir. Keksa ota-onasining eng goʻzal orzulari tarjimonidir.

7) Iso alayhissalom ismlarining maʼnosi qizil yuzli deganidir. Yuzlari doimo qip-qizil boʻlganligi sababli bu ism qoʻyilgan.

Yuqoridagi ismlarga qarasangiz va maʼnolari haqida fikr yuritsangiz, ularda Muhammad ismidagi xususiyat uchramaydi.

Muhammad arab tilida حَمَّدَ oʻzagidan mubolagʻa uchun olingan boʻlib, oʻta koʻp maqtalgan deganidir. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning huzurida ham koʻp maqtalgan Zotdirlar. Muqarrab farishtalar nazdida ham koʻp maqtalgan Zotdirlar. Barcha paygʻambarlar nazdida ham koʻp maqtalgan Zotdirlar. Zamin ahli nazdida ham koʻp maqtalgan Zotdilar. Xattoki, kufr ahli ham buni tan oladilar.

Ha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Maqomi mahmud” sohibidirlar. “Hamd bayrogʻi” aynan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qiyomatdagi bayroqlarining nomidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ummatlarining nomi ham aynan shu munosabat ila “حَمَّادُون” (Oʻta koʻp hamd aytuvchilar)dir.

“Rohmatan lil aʼlamiyn” kitobidan, 3-jild, 603-bet

Abdulqayyum Komil tarjimasi

Manba

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*