Shayxul islom, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:
Farzandingizga bolalikda bir bora Qur’on o‘qitib qo‘ying. Uning qalbini Qur’oni karim ila munavvar qiling. Undan keyin uni har qanday ishga qo‘ying, shunda, insha Alloh va yana insha Alloh, albatta, Qur’oni karimning anvoru-barakotlari uning ichini qamrab olgan bo‘ladi. Qachonki, siz eng avval unga Qur’onni o‘rgatib qo‘ysangiz, uning qulog‘i orqali iymon urug‘ini uning qalbiga mustahkam joylab qo‘ygan bo‘lasiz. Tajriba shuki, maktabga Qur’oni karimni o‘qib boradigan bolalar, har qanday muhitga borsalar ham, iymon urug‘i ularning qalbida turaveradi.
Agar siz avval boshdanoq bolaga bismillah, subhanalloh, alhamdulillah va Qur’oni karimni o‘rgatish o‘rniga, unga it-mushukni o‘rgatishni boshlasangiz va uning aqliga it-mushukni joylab qo‘ysangiz hamda Qur’oni karimning anvoru-barakotlarini uning qalbiga kirishiga yo‘l qo‘ymasangiz, u holda uning qalbiga iymon qayerdan kiradi? Uning qalbiga islom muhabbati qayerdan keladi? Uning qalbida oxirat fikri qanday paydo bo‘ladi? Keyin esa chor atrofimizda izg‘ib yurgani ko‘zga tashlanayotgan ayni o‘sha moddaparast inson paydo bo‘ladi. Unda Allohning huzurida turishlik xissi ham yo‘q. U o‘zgalarga zulm qiladi. O‘zgalarni terisini shilib oladi.
“Islaahiy xutbaat” kitobidan, 3-jild, 73-bet
Abdulqayyum Komil tarjimasi