Bosh sahifa » Maqolalar » Ramazondan keyin ham Alloh yaqindir

Ramazondan keyin ham Alloh yaqindir

Qur’oni karim tilovatini yo‘lga qo‘yishlik

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:

Bomdod namozidan keyin har shaxs biroz Qur’oni karim tilovatini odat qilsin. Biror kun ham Qur’oni karim tilovatidan xoli bo‘lmasin.

Qur’oni karimda yetti manzil bor. (Bir manzil – haftiyak, ya’ni, Qur’oni karimning yettidan bir qismi). Avvalgi zamonda shunday bo‘lar ediki, odamlarda har kuni bir manzil (ya’ni, Qur’oni karimning yettidan bir qismi, taxminan to‘rt yoki to‘rt yarim pora)ni tilovat qilishlik odati bor edi va yetti kunda butun Qur’oni karim xatm qilib olinar edi. Bizlar zaif kishilarmiz. Ehtimol, bu darajada bardosh qila olmasmiz. Lekin, imkon qadar albatta qilaylik. Xoh bir pora bo‘lsin, yarim pora bo‘lsin. Balki, Hakimul ummat qoddasallohu sirroh aytganlarki, agar kimgadir yarim pora ham mushkul bo‘lsa, u holda chorak pora o‘qib olsin yoki ikki-uch ruku’ni odat qilib olsin. (Bir ruku’ – bir ma’no to‘liq tugagan yoki bir rak’atda o‘qiladigan miqdor). Lekin biror kun Qur’oni karim tilovatidan xoli o‘tmasin.

Abdulqayyum Komil tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*