Bosh sahifa » Ilm » Ro‘zaga doir masalalar. Kafforotni vojib qiladigan amallar

Ro‘zaga doir masalalar. Kafforotni vojib qiladigan amallar

Kafforot Ramazonning hurmatini oyoq osti qilgani uchun vojib bo‘ladi.

Ramazon ro‘zasi farzini ado qilishni niyat qilib tutgan odam uni o‘z ixtiyori ila majburlashsiz va shar’iy uzrsiz qasddan ochib yuborsa, ham qazosini tutadi, ham kafforatni ado etadi.

Bu narsa quyilardagi holatlarda yuz beradi:

  1. G‘izo yoki uning ma’nosidagi narsani shar’iy uzrsiz yemog‘i. Odatda ozuqa sifatida tanovul qilinadigan barcha narsalar g‘izoga kiradi. Dori, sigara, papiros, afyun, nasha va shunga o‘xshash narsalar ham g‘izo ma’nosidagi narsalarga kiradi. Ushbu holatlarda ro‘zasini ochgan odam ham qazosini tutadi, ham qul ozod qilish yoki oltmish kun ketma ket ro‘za tutish, unga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom berish bilan kafforotni ado qiladi.
  2. Birovning g‘iybatini qilganidan, qon oldirganidan, shahvat bilan ushlaganidan keyin yoki o‘pkanidan, quchoqlashib yotganidan, mo‘ylabini moylaganidan keyin “ro‘zam ochilib ketdi” degan o‘y bilan qasddan yeb ichib yuborsa, ham qazo tutib, ham kafforot ado qiladi.
  3. Og‘ziga kirgan yomg‘ir suvini, xotinining tupugini lazzat uchun ichiga yutsa, kesakxo‘r odam kesakni yutib yuborsa, ham qazo tutib, g‘am kafforot ado qiladi.
  4. Farj shahvatini to‘la ravishda qondirsa ham. Unda ishtaha tortadigan odam jismining oldi yoki orqasiga olatni kiritish ko‘zda tutilgan. Agar maniy to‘kilishi bo‘lmasa ham.
  5. Ayol kishi kichik yoshdagi bolaning yoki majnunning o‘ziga yaqinlik qilishiga imkon bersa, unga ham qazo, ham kafforot vojib bo‘ladi.

Kafforot miqdori ketma ket orasini uzmay oltmish kun ro‘za tutishi lozim. Ramazon ro‘zasini ochib yuborgan odam ikki oy ketma ket ro‘za tutishga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga bir mudd (1843 gramm) miqdorida taom beradi. Bu esa o‘z navbatida, gunohkor kishining gunohini yuvishga imkon yaratib berish bilan birga, miskinlarga yaxshilik qilish yo‘li hamdir.

“Kifoya”dan

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*