Bosh sahifa » Ilm » Ro‘zaga doir masalalar (2-maqola)

Ro‘zaga doir masalalar (2-maqola)

Ro‘zadorga makruh bo‘lgan narsalar:

1. Uzrsiz biror narsani tatib ko‘rish va chaynash.Chunki bunga o‘xshash narsalar ro‘zaning buzilishiga olib borishi mumkin.

2. Saqich chaynash, chunki bunday odamni og‘zi ochiq deb o‘ylanadi.

3. Quchoqlashish,o‘pish va ushlash kabi shahvatni qo‘zg‘aydigan ishlar.

4. Qasd ila tupugini og‘zida to‘plab yutish.

5. Ro‘zadorni zaiflashishga olib boradigan qon oldirish kabi ishlarni qilish.

Mumkin bo‘lgan narsalar:

1. Mo‘ylabga xushbo‘y narsa surtish.

2. Surma qo‘yish.

3. Zaiflashtirmasa qon oldirish.

4. Ertalab misvok qilish.

5. Og‘iz va burunni chayish.

6. G‘usl qilish.

7. Salqinlash uchun ho‘l lattaga o‘ranish.

Ro‘zaning mustahablari:

1. Biror narsa ila bir qo‘ltim suv bilan bo‘lsa ham,saharlik qilmoq.

2. Quyosh botishi bilan tezda shom namozidan oldin og‘izni ochmoq. Shirin va ho‘l narsalar bilan ochmoq.

3. Og‘iz ochishda rivoyati qilingan lafzlar ila duo qilmoq.

4. Ro‘zadorlarga iftor qilib bermoq.

5. G‘uslni kechga surmay tong otishdan oldin qilib olmoq.

6. Behuda gap so‘z va amallardan til va a’zolarni tiymoq.

7. Ro‘zani buzmaydigan ammo huzurli narsalardan tiyilish.

8. Oila a’zolari va yaqinlariga kengchilik qilish. Kambag‘allarga xayr ehsonni, zikrni ko‘paytirish.

9. Qur’on qiroati, ilm suhbatlari, zikr va salovotlarni ko‘paytirish.

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*