Bosh sahifa » Ilm » Ro‘zani buzmaydigan narsalar

Ro‘zani buzmaydigan narsalar

1. Ro‘zadorligi esidan chiqib yeb ichib yoki jinsiy yaqinlik qilib qo‘ysa,ro‘zasi ochilmaydi. Ammo esiga tushishi bilan darhol mazkur ishlarni to‘xtatishi shart.

2. Nazar solgani yoki o‘ylagani oqibatida maniysi to‘kilsa,o‘zi gunohkor bo‘lsa ham ro‘zasi ochilmaydi.Kunduz kuni ehtilom bo‘lib qolsa ham ro‘zasi ochilmaydi.

3. Ko‘ziga dori tomizsa yoki surma qo‘ysa ham ro‘zasi ochilmaydi.

4. Qon oldirsa ham.

5. Misvok qilsa ham.

6. G‘usl qilsa yoki salqinlash uchun ho‘l lattaga o‘ransa ham.

7. Mubolag‘asiz og‘iz burunni chaysa ham.

8. G‘iybat qilsa yoki og‘zini ochishni niyat qilsa ham.

9. Ro‘zadorning ichiga o‘z ixtiyorisiz tutun,chang yoki pashsha kirsa ham. Ammo ro‘zadorligini eslab turib xushbo‘y narsani tutatib hidlasa, ro‘zasi ochiladi.

10. Tish oldirib, qon yoki dorini yutmagan bo‘lsa ham ro‘zasi ochilmaydi.

11. Quloqdan suv kirsa ham, quloqni kavlasa ham ro‘zasi ochilmaydi, ammo bu kabi ishlarni qilmagan ma’qul.

12. Balg‘am yoki mishig‘ini kirish yoki chiqishi bilan ham ro‘zasi ochilmaydi.

13. O‘z ixtiyoridan tashqari holda majbur bo‘lib qussa ham ro‘zasi ochilmaydi.

14. Tishlari orasida no‘xatdan kichik narsani yesa ham ro‘zasi ochilmaydi.

15. Junub holida yurishi ham.

16. Mushakka,teri ostiga ukol qilish bilan ham ro‘zasi ochilmaydi.

“Kifoya”dan

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*