Bosh sahifa » Maqolalar » “Xotinlaringizni masjiddan man qilmanglar. Uylari ular uchun yaxshiroqdir”

“Xotinlaringizni masjiddan man qilmanglar. Uylari ular uchun yaxshiroqdir”

Jamoat namoziga ayollarning qatnashmasliklari afzal

Jamoat bo‘lib namoz o‘qish, Juma namozini ado etish naqadar ahamiyatli ekanini har bir musulmon yaxshi biladi. Juma farz. Jamoat namozini esa ba’zilar vojib, ba’zilar sunnati muakkada, deydilar.

Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jamoat bilan juma o‘qish har bir musulmon uchun haqqu vojibdir. Faqat to‘rt kishigagina: qulga, ayol kishiga, yosh bolaga va kasal odamga (vojib emas)», – deganlar.

Jamoat namoziga ayollarning qatnashmasliklari afzal ekanini ochiq-oydin aytganlar.

Imom Ahmad va boshqa muhaddislar rivoyat qilgan hadisda Ummu Humayd Sog‘idiy ismli sahobiya ayol kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga:

– Allohimning Rasuli, men siz bilan birga namoz o‘qishni yaxshi ko‘raman, – dedi. Ul zot collallohu alayhi vasallam:

– Albatta, men sening men bilan namoz o‘qishni yaxshi ko‘rishingni bilaman. Sening uyingdagi namozing hujrangdagi namozingdan yaxshiroqdir. Hujrangdagi namozing hovlingdagi namozingdan yaxshiroqdir, hovlingdagi namozing qavmingning masjididagi namozingdan yaxshiroqdir, qavmingning masjididagi namozing mening masjidimdagi namozingdan yaxshiroqdir, – deb javob berganlar.

To‘g‘ri, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga masjidga kelib namoz o‘qishga ruxsat berganlar. Lekin bu shartli ruxsatdir.

Imom Ahmad ibn Hanbal va imom Abu Dovudlar rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Xotinlaringizni masjiddan man qilmanglar. Uylari ular uchun yaxshiroqdir”, – deganlar.

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*