Bosh sahifa » Ilm » Bahsu mujodala

Bahsu mujodala

Shariatimiz ortiqcha bahsu tortishuvlardan qaytaradi. Bu haqda Payg‘ambar alayhissalom aytganlar: “Birodaring bilan tortishma, uni mazax qilma, so‘z berib, keyin unga xilof qiladigan va’dani berma” (Termiziy rivoyati).

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Bahsu munozarani tark qilinglar. Chunki, munozar hikmatini bilmaysiz va uning fitnasidan (to‘la) saqlanishga ham qodir emassiz”(Tabaroniy rivoyati).

Payg‘ambar alayhissalom dedilar: “Kim haq bo‘laturib, bahsu jadalni tark etsa, uning uchun jannati a’loda bir uy bino qilinadi. Kim nohaq bo‘lgani holda bahsu jadalni tark etsa, uning uchun jannat qo‘rg‘onida bir uy bino qilinadi”.

Yana aytdilar: “O‘zi haq bo‘laturib, bahsu munozaradan kecholadigan bo‘lmaguncha bandaning iymoni komil bo‘lmaydi” (Ibn Abu Dunyo rivoyati).

Zubayr o‘g‘liga dedi: “Qur’onni vosita qilib, odamlar bilan munozaraga kirishma. Baribir ularga bas kelolmaysan. Sunnatni mahkam ushla”.

Imom Abu Homid G‘azzoliy

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*