Aziz do‘stlar! Joriy yilning 29 dekabr sanasida, juma kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi xodimi Is’hoqjon domla Begmatov Shayxontohur tumanidagi “Mo‘yi Muborak” “Ukkosha” jome’ masjidiga tashrif buyuradilar. Barchangizni ustozning ma’ruzalaridan bahramand bo‘lishga chaqiramiz!
Is’hoqjon domla Begmatov 1970 yil 28 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Birinchi diniy ta’limni otasi mulla Muhammadjondan olgan.
1990-1994 yillar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida tahsil olgan. Ma’lumoti diniy-oliy.
Toshkent shahridagi Abul Qosim nomli madrasada hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida mudarris bo‘lib talabalarga «Fiqh» va «Aqoid» fanlaridan dars bergan.
Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan «To‘xtaboy» jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan.
2014 yil – «Yilning eng faol targ‘ibotchisi yo‘nalishi» bo‘yicha III – o‘rin sohibi.
«Yil imomi – 2015» ko‘rik tanlovida birinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan.
«Oltin qalam» XI Milliy mukofoti xalqaro tanlovining II-o‘rin sohibi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rahmatullohi alayh) hazratlaridan dars olgan.