Ashraf Ali Tahonaviy aytdilar: Bugun odamlar o‘z maqsadlariga erishish, kasallik va musibatlarni daf qilishda dam soldirish, tumor va boshqa shu kabi narsalarni juda qadrlaydilar va bu uchun imkonlari boricha harakatlar ham qiladilar. Lekin asl tadbir bo‘lgan narsa, ya’ni Allohga duo qilishga esa beparvo bo‘ladilar. Mening tajribam shuki, birorta ham naqsh yoki tumor ta’sirda duoga barorbarlik qilolmaydi. Lekin duoni duodek qilib so‘rash kerak va duoning qabul bo‘lishiga mone’lik qiladigan narsalardan parhez qilish kerak. Yana suhbat davomida bu gapni ham aytdilar: Konpur shahrining «Jome’ ul-ulum» nomli madrasasida mudarris bo‘lib turganimda ittifoqo Konpur shahrida vabo tarqadi. Tushimda bir ulug‘ odam: «Yeyiladigan va ichiladigan narsalarga uch marotaba Qadr surasini mukammal o‘qib, dam solib yegizdirilsin va ichkizdirilsin. Kasal bo‘lsa tuzaladi, kasal bo‘lmasa, saqlanib qoladi», dedi. Keyin shuni tajribada mushohada ham qildim.
Yorqinjon qori Fozilov tarjimasi