16-majlis
Hakimul umma Ashraf Ali Tahonaviy aytdilarki: “Juda ko‘p kishilar o‘zidan xabari yo‘q, halol bilan haromni aralashtirib tashlaydi. Odamlar bilan janjallashish uchun olimlardan fatvo so‘rab yuradi. Biror kishida men shunday holatni sezsam, undan: ”Bu ish o‘zingda bo‘ldimi? O‘zing amal qilish uchun so‘rayapsanmi yoki bu yerda boshqa gap bormi?“ deya so‘rayman. Agar u kishi bu masala boshqaning muammosi, desa, unga javob bermayman. ”Bu ish kimda ro‘y bergan bo‘lsa, menga uning o‘zini jo‘nat yoki o‘zi xat yozib so‘rasin”, deyman.