Amir Said ibn Os roziyallohu anhu ramazon oyida kishilarga taom ulashar ekan. Bir ziyofatdan keyin kishilar ketgach, uning huzurida qurayshlik bir yigit qoldi.
Said unga: “Menda biror hojating bo‘lsa kerak”, dedi.
U yigit: “Ha, Alloh amirni isloh qilsin!” , dedi.
Said shamni o‘chirib, unga: “Nima hojating bor?”, dedi.
Yigit: “Mo‘minlar amiri (xalifa)ga mening qarzim borligi va uy-joyga muhtoj ekanim haqida bildirib maktub yozib bersangiz”, dedi.
Said: “Qarzing qancha”, deb so‘radi. U qarzini qanchaligini va uy-joyning ham narxini aytdi. Said unga aytilgan pulni berib dedi:
“Mana buni ol. Biz seni safar mashaqqatidan ozod qilamiz. Xalifaning huzuriga borib o‘tirma”, dedi.
Odamlar “Saidning u yigitga yetarli mol berganidan ko‘ra, so‘rash paytida yuzidagi xorlikni ko‘rmaslik uchun shamni o‘chirgani go‘zalroq bo‘lgan”, deyishadi.