Bosh sahifa » Ilm » Majolisi hakimul umma. Taqvo va tavozu’

Majolisi hakimul umma. Taqvo va tavozu’

10-majlis. Hazrat Ashraf Ali Tahonaviyning otasi xonadoniy rais hamda sarvat sohibi edilar. Tirikchilik sababi bo‘lmish kasbi ham nojoiz emas edi. Lekin Hazratning nazarida biroz shubhali edi. Otasi vafot etgandan keyin merosdan o‘z hissasini olish masalasida ikkilanish bo‘ldi. U kishida o‘zicha hukm chiqarish odati yo‘q edi. Hazrat Ganguhiyga xat yozib, savol qildilar: “Mol shubhali bo‘lgani sababli o‘z hissamni olishga ikkilanmoqdaman. Olmay desam, keyinchalik qiynalib qolmasmikanman, deb o‘ylanyapman”.

Javob keldi: “Agar hissangizni olsangiz, fatvo. Olmasangiz, taqvo. Tashvish esa, inshaalloh, sizga umr bo‘yi bo‘lmaydi”.

Hazrat Tahonaviy taqvo tomonini ixtiyor qildilar. O‘zlarining hissasi bo‘lmish katta sarmoyani ukalariga qoldirdilar. Men otamdan eshitganmanki, Hazrat Ganguhiy shunday der ekanlar: “Mavlono Ashraf Aliyning eng kichik taqvosi shuki, u otasining merosidan o‘z hissasini olmagan”. Shunday o‘rinda taqvo bilan birga o‘z fikriga suyanmay, ulug‘larning maslahatiga amal qilish juda hakimona usul. Bunga Hazratning o‘zlari ham hamisha amal qilardilar, boshqalarga shuni ta’kidlar edilar. Aytar edilarki: “Insonga shu narsa lozimki, hecham o‘zboshimchalik bilan ish qilmasin. Modomiki, tartibdagi katta kishi mavjud bo‘lsa, uning maslahatiga amal qilsin. Kattalar bo‘lmasa, tengqurlari bilan maslahatlashsin. Ular ham bo‘lmasa kichiklarning maslahati bilan ish tutsin. ”Tartibdagi katta“ deyishimga sabab shuki, aslida kimning kattaligi faqat Alloh taologa ma’lum”.

Yorqinjon qori Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*