Bosh sahifa » Ilm » Majolisi hakimul umma. Devband ulug‘larining Xudodan qo‘rqishi va o‘z muxoliflari bilan tutgan yo‘llari

Majolisi hakimul umma. Devband ulug‘larining Xudodan qo‘rqishi va o‘z muxoliflari bilan tutgan yo‘llari

6-majlis

Hazrat mavlono Rashid Ahmad Ganguhiy quddisa sirruhu bid’at qarshisiga ba’zi risolalar yozgach, ahli bid’atlar tomonidan so‘kishlar yog‘ilib ketdi. Ba’zi mashhur ahli bid’atlar u kishining xilofiga so‘kishlar bilan to‘la risolalarni birin ketin bosib tarqata boshladilar. U vaqtda Hazrat Ganguhiyning ko‘zlari ko‘rmay qolgan edi. Mavlono Yahyo Hazratning xos va ishonchli xodimi bo‘lgani uchun pochta orqali kelgan xatlarni o‘qib eshittirar va xatlarga javob yozish ishi ham o‘sha kishiga topshirilgan edi. Ularning orasida mazkur muxoliflar tomonidan yozilgan xatlar ham bo‘lar edi. Bir necha kun mavlono Yahyo o‘shanday xatlarni o‘qib eshittirmay qo‘ydi.

Shunda hazrat Ganguhiy: “Mavlaviy Yahyo, ”do‘stlarimiz“ bizni eslashni tark qildilarmi? Ancha kundan beri ularning xatlari kelmadi”, dedilar. Mavlono Yahyo: “Xatlar keyapti, lekin men ularni o‘qib berolmayman”, dedilar. Hazrat: “Nima uchun?” deya so‘radilar. “Unda so‘kishlar to‘lib yotibdi”, deb arz qildilar. Hazrat avval: “Ey bolame, hech jahonda uzoqdagi so‘kish ham tegarmidi”, dedilar. Keyin: “Ularni o‘qib eshittir. Biz ularning biror gapi qabul qilinishga loyiq bo‘lsa, qabul qilish niyati bilan eshitamiz. Bizning biror xatomizga o‘rinli tanbeh bergan bo‘lsalar, o‘zimizni isloh qilamiz”, dedilar.

Bu zotlar biror kishi bilan ixtilof qilsalar ham, xolis Haq taoloning rizosini istab ixtilof qiladigan Haqparast va Xudojo‘y olimlar bo‘lgan. Ular muxoliflari ayni so‘kib turgan paytda ham o‘ch olish istagi, o‘z nafsini mudofaa qilish, bahona izlash o‘rniga o‘zini isloh qilish uchun yo‘l topardilar. Mana shu ulug‘larga tuhmat qilib, badnom qilganlar va ommani ularning kitoblarini o‘qishdan, yonlariga borishdan to‘sganlar qanday ham zolim ekan! Ular haqida badgumonlik qilmay, insof bilan ularning kitoblarini o‘qigan, suhbatlaridan fayz topgan kishilarning esa mushkil savollariga javoblar o‘zidan o‘zi chiqqan.

Ixtilofli muammolarda agar mana shu ravsh ixtiyor qilinsa, musulmonlar orasidagi jangu jadal fitnalari barham topadi va ixtilof ixtilofning chegarasida turadi. Lekin buning uchun Xudodan qo‘rqish va benafslikka zarurat bor. Bu esa bugun qahatga uchragan.

Yorqinjon qori Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*