Hammod degan zot aytadilar: «Kunlarning birida juda uzoq yomg‘ir yog‘di. Qo‘shnimiz tul ayol bo‘lib 2-3 nafar yetim qizlari bor edi. Tul ayol yig‘lab qizlari bilan birga «yomg‘irni to‘xtat yo Robbim! Bo‘lmasa uyimiz bizni bosib qoladi», deb duo qilgandi, hech qancha vaqt o‘tmay yomg‘ir tindi. Men ularning axvolini ko‘rib achinganimdan uyimdan bir necha tanga tilla olib, uning uyiga kirib, tul ayolga «mana bu sizlar uchun, yetim bolalaringiz bor, ular ishlatarsiz», deb qo‘liga tutqazayotsam, uy ichkarisidan bir yosh qizchasi chiqib: «Ey qo‘shni nima uchun siz biz bilan Robbimiz o‘rtasiga tushasiz, bizga agar hojat kerak bo‘lsa Robbimizdan so‘rayveramiz, bu degani Robbim o‘zining eshigidan bizlarni chetlatib sizning eshigingizga ro‘para qildi demakdir, biz Robbimga shikoyat qilganimizdayoq bilgandim o‘zi Xudoga shikoyat qilishimiz bilan bizga dunyo yuborishini sezgan edik, yomg‘ir yog‘ishidan shikoyat qilgan edik Xudo bizga dunyoni jo‘natib o‘zining eshigidan haydab yuborarmikan deb o‘ylagan edik», deb qizcha yuzining yanog‘ini loy tuproqqa qo‘yib sajdaga borib: «Allohim izzatingga qasamki, sening eshigingdan ajralmayman», deb turib, «olib kelgan tillalaringizni olib keting, chunki biz xojatimizni omonatlarni qabul qiladigan va unga muomala qilganlarga baxillik qilmaydigan Zotga xojatimizni aytdik, bunga esa xojatimiz yo‘q», dedi.
Muhammad Rotib Nabulsiyning “Allohning go‘zal ismlari ensiklopediyasi” nomli asaridagi Allohning «الرزاق» sifati bobidan Ilhomjon Madaliyev tarjimasi