Bosh sahifa » Ilm » Ahli kamolni tanishning hakimona me’yori

Ahli kamolni tanishning hakimona me’yori

Hakimul umma Ashraf Ali Tahonaviy rahimahulloh shunday dedilar: “Biror olimning ilmdagi maqom va darajasini bilish kerak bo‘lsa, buni talabalardan so‘raladi. So‘fiy va pirning darajasini bilish uchun esa o‘z zamonasida tariqat ahli bo‘lgan mashoyixlarning u bilan qiladigan muomalalariga qarash kerak. Ular uni holi sodiq (rost) pir deb biladilarmi yoki unday emasmi? SHo‘ o‘rinda bir shohiy sartaroshning qissasi yodimga keldi. Bir marotaba o‘z soqolini tekislatgani shoh uni chaqirdi. Lekin u aytilgan vaqtda kelolmadi. Bu aybni qanday to‘g‘irlash uchun ko‘p parishon bo‘ldi va shohning xodimlarga: “Shoh uxlab qolganida soqolini tekislashga menga imkon qilib beringlar”, deb iltimos qildi. Xodimlar unga rahmlari kelib, imkon qilib berdilar. U uxlab yotgan shohning soqolini shunday tekislab qo‘ydiki, u bilmay ham qoldi. U uyg‘onib soqolini tekislanganini ko‘rib, saroydagilardan so‘ragan edi, ular bo‘lgan ishni aytib berdilar. Shoh uning kamolidan juda xursand bo‘ldi va sartaroshga “Shohiy usta” degan nom berildi. Bu gap shaharda tarqalgach, qarindosh va qo‘shni ayollar uning xotinini muborakbod qilishga to‘plandilar. Bo‘lgan gapni eshitgan ayoli juda ham hakimona gap aytdi: “Bu xitob erimga yonidagi sartaroshlardan yoki boshqa biror mohir sartarosh tomonidan aytilganida xursand bo‘lar edim. Chunki bu erimning kamoliga dalil bo‘lar edi. Shoh bu hunarni bilmaydi-ku. Bu unvon unga berilishi bilan mening nazdimda uning izzati oshmaydi”.

“Majolisi Hakimul umma”, 110-bet
Yorqinjon Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*