Bosh sahifa » Bayt » Sizga yo‘l ko‘rsatgan kishidan rozi bo‘ling…

Sizga yo‘l ko‘rsatgan kishidan rozi bo‘ling…

Bayt:

Ko‘rro az rahbari bino buridan g‘ofilist,
Be sabab az ayb biyni xesh ranjidan charo?

Tarjimasi: “Ko‘rni ko‘zi ochiq yo‘lboshchidan ajratib qo‘yish g‘ofillikdir. O‘zingning ayb ko‘ruvchingdan besabab ranjish nimaga?”

Ko‘zi ojiz kishining qo‘lidan tutib, uni boshqarib ketayotgan odamni hamma maqtovga loyiq deb hisoblaydi. Ko‘zi ojiz kishining o‘zi ham manziliga yetib borgunicha uning haqiga duolar qilib ketadi. Mana shu ojizni o‘z yetaklovchisidan ajratib qo‘yish, ya’ni uni yo‘l o‘rtasida yordamsiz qoldirish o‘ta noinsoflik deb sanaladi. Ko‘rni yetaklagan kishi maqtovga sazovor bo‘lar ekan, senga yo‘l ko‘rsatgan kishidan xursand bo‘lish o‘rniga nima uchun undan ranjiysan?

Sen ham bu dunyoda o‘zingni go‘yo bir ko‘r deb bil va aybu nuqsonlaringni aytib, senga yo‘l ko‘rsatgan kishidan rozi bo‘l. Balki sen yo‘l boshlovchiga ko‘zi ko‘r kishidan ham muhtojroqsan. Zero ko‘r hassasini bir bor yo‘qotadi. Sen esa bir gunohni takror-takror qilmoqdasan.

Yorqinjon qori Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*