Bosh sahifa » Ilm » Ta’madan hazar qilish

Ta’madan hazar qilish

Ashraf Aliy Tahonaviy bir kuni suhbat asnosida aytdilar:

“Bir voqyea yodimga keldi. Bligrom shahrida bir ulug‘ olim bor edi. Bir kuni u kishining uyida yegani ovqati qolmadi. Odatiga ko‘ra o‘sha kuni ham dars bergani o‘tirganida shogirdi yuzi va ovozidan u kishining qorni qattiq och qolganini sezdi. Shogird uch-to‘rt qator o‘qib, kitobni yopdi va ustoziga:

“Bugun biroz mazam yo‘q edi, saboqni shu yerda to‘xtatsak bo‘ladimi?” dedi. Ustozga ham bu gap ma’qul keldi. Shogird uyiga ketdi. Birozdan keyin katta tovoqqa shirin-shirin taomlardan solib, olib keldi va ustoziga:

“Bu hadyamni qabul qiling”, dedi. Shunda solih ustoz shunday dedi:

“Bu hadya zaruratim borligida keldi, lekin bir uzr buni qabul qilish uchun menga mone’lik qiladi. U shuki, sen turib ketganingda, mening qalbimga sen taom olib kelgani ketgan bo‘lsang kerak, degan xayol keldi. Hadisda shunday deyiladi: “Nafsing intilmasdan turib kelgan narsani qabul qil. Intizor bo‘lganingdan keyin kelgan narsaga esa nafsingni ergashtirma”. Bu hadya ham nafsim unga intilganidan keyin keldi. Shuning uchun buni qabul qilish sunnatga xilof bo‘ladi”. Shogird ham ulug‘ ustoz suhbati barakotidan juda fahmu farosatli edi. Hadyani qabul qilishga ustozini majbur qilmadi. Aksincha keltirgan taomini qaytarib olib ketdi. Birozdan keyin yana keldi va ustoziga tovoqni uzatdi. Ustoz hayron bo‘lib:

“Bu nima qilganing?” dedi.

Shogir shunday dedi: “Men taomni qaytarib olib ketganimda nafsingizning bundan umidi uzildi. Mana endi nafsingiz intilmay turganida olib keldim. Shuning uchun buni qabul qiling”.

Yorqinjon qori Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*