Bosh sahifa » Ilm » Ramazondagi to‘rt ish

Ramazondagi to‘rt ish

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam muborak Ramazon oyida amal qilishlari uchun ummatlariga to‘rt ishni buyurganlar:

1. Birinchisi, juda ko‘p “La ilaaha illalloh”ni o‘qishlik. Ya’ni, yurib ketayotib ham, o‘tirib turib ham, har damda “La ilaha illalloh”, “La ilaha illalloh”, “La ilaha illalloh” deb tilda zikr qilishlik.

2. Ikkinchisi, Alloh ta’ologa chin qalbdan tavba va istig‘for qilaverishlik.

3. Uchinchisi, Alloh ta’olodan chin qalbdan xokisorlik ila muxtoj bo‘lib jannatni so‘rashlik.

4. To‘rtinchisi, Alloh ta’olodan do‘zaxdan panoh so‘rashlik va yig‘lab yig‘lab ushbu duoni qilishlik: “Ey, Allohim! O‘zingning rahmating ila bizni do‘zaxdan ozod qil”.

“Islahiy bayaanaat” kitobidan, 2-jild, 273-bet

Hazrat Mavlono Abdurrauf Sikharaviy

Abdulqayyum Komil tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*