Bosh sahifa » Ilm » Ramazon oyida sodir bo‘ladigan ba’zi xatolar

Ramazon oyida sodir bo‘ladigan ba’zi xatolar

  1. Shomdan oldin ijobat bo‘ladigan fursatda duoni tark qilish.
  2. Shom azonini eshitganda qaytarmay turish.
  3. Toki azon tugagunicha og‘izni ochmay turish.
  4. Shom namozidan keyingi ravotib sunnatni tark qilish.
  5. Taroveh namozini imom bilan birga oxirigacha o‘qimaslik.
  6. Tarovehni birinchi kechasida o‘qimasdan boshqa ishga mashg‘ul bo‘lish.
  7. Faqat Ramazonda namoz o‘qish.
  8. Ovqat va ichimlikda isrofga yo‘l qo‘yish.
  9. Xatmi qur’onni tafakkur bilan eshitishdan g‘aflatda qolish.
  10. Iftorga mashg‘ul bo‘lib, shomni uyda o‘qish.
  11. Shom bilan xufton orasidagi vaqtni behuda o‘tkazish.
  12. Saharlikni tark qilish (chunki hadisda: “Saharlik qilinglar, saharlikda baraka bor”, deb aytilgan).
  13. Saharlikda duo ijobat paytini zoye qilish.
  14. Yosh bolalarni ro‘za tutishga qiziqtirmaslik.
  15. G‘iybat, chaqimchilik, yolg‘on va aldov kabi ba’zi harom narsalardan tiyilmaslik.
  16. Hayitga kiyinish bahonasi bilan ramazonning eng oxirgi fazilatli kunlarini bozorda o‘tkazib yuborish.
  17. Serial va filmlar tomosha qilish bilan fazilatli kunni o‘tkazib yuborish.

Manba: arabic.uz

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*