Bosh sahifa » Ilm » Ro‘za bizdan nima talab qiladi. 7-mavzu: Eng katta savdo

Ro‘za bizdan nima talab qiladi. 7-mavzu: Eng katta savdo

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:

Insonni yaratishdan maqsad ibodat bo‘lsa, u holda buning talabi shu ediki, inson dunyoga kelganda, ertalabdan kechgacha ibodatdan boshqa biror ish qilmasligi va unga boshqa ish qilishiga ruxsat ham bo‘lmasligi kerak edi. Chunonchi, boshqa o‘rinda Qur’oni karim shunday deydi:

إِنَّ اللّهَ اشْتَرَى مِنَ الْمُؤْمِنِينَ أَنفُسَهُمْ وَأَمْوَالَهُم بِأَنَّ لَهُمُ الجَنَّةَ

Ya’ni: “Albatta, Alloh mo‘minlardan ularning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi” (Tavba surasi, 111-oyat).

Alloh ta’olo mo‘’minlardan jonlari va mollarini sotib oldi va buning evaziga oxiratda ularga jannat bo‘lishini ta’yin qildi. Bizning jonimiz allaqachon sotib olingan bo‘lsa, u holda bizda turgan bu jonimiz bizniki emas, balki, sotib olingan moldir. Uning narxi to‘lab ham qo‘yilgan. Bu jon o‘zimizniki bo‘lmasa, u holda buning talabi shuki, ushbu jon va jismni Allohga ibodatdan boshqa ishga ishlatilmasin. Shunga ko‘ra, bizga Alloh ta’olo tarafidan “Senga ertalabdan kechgacha boshqa ish qilishga ruxsat yo‘q, bas, doim sajda qilib tur, doim Alloh, Alloh deb tur, boshqa ishga ruxsat yo‘q. Kasb qilishga ham ruxsat yo‘q. Taom yeyishga ham ruxsat yo‘q”, deb hukm qilinsa, u holda bu hukm ham adolatga xilof bo‘lmas edi. Chunki, inson aynan shu ibodat uchun yaratilgan.

“Bunday xaridorga qurbon bo‘ling”

Alloh ta’olo bizning jon va molimizni sotib ham olgan va uning narxini to‘liq to‘lab ham qo‘ygan, ya’ni, jannat. Keyin esa “bu mol va jonni o‘zingizda saqlang”, deb mol va jonimizni o‘zimizga qaytarib ham bergan va bizga yeng, iching, kasb qiling va dunyo ishlaringizni qiling. Bas, doim besh vaqt namoz ham o‘qib turing va falon falon narsalardan saqlaning. Qolgan ishlarda qanday xohlasangiz, shunday qiling deb ruxsat ham bergan. Bunday xaridorga qurbon bo‘ling. Bu Alloh ta’oloning buyuk rahmati va inoyatidir.

“Islahiy xutbaat” kitobidan
Abdulqayyum Komil tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*