Bosh sahifa » Ilm » Ramazon oyida asl maqsad tarafiga qayting

Ramazon oyida asl maqsad tarafiga qayting

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:

Lekin Allohga ibodat qilishlikdan tashqari dunyo ishlariga ham ruxsat berishlikning oqibati nima bo‘ladi. Alloh ta’olo yaxshi bilar edi, qachonki, inson dunyo ishlari va tashvishlariga mashg‘ul bo‘lsa, sekin-sekin uning qalbiga g‘aflat pardasi tushib boradi va dunyo ishlari va tashvishlariga o‘ralashib ketadi. Shunda, ushbu g‘aflatni ketkazish uchun Alloh ta’olo ba’zi vaqtlarni ta’yin qilgandir. O‘sha vaqtlardan biri muborak ramazon oyidir. Chunki, yilning o‘n bir oyida siz tijorat, ziroat, mehnat, dunyo ishlari va tashvishlari, yeyish, ishlab topish va o‘yin-kulgu qilish ila mashg‘ul bo‘ldingiz (ya’ni, Allohga ibodat qilishdan boshqa ishlar ila ham mashg‘ul bo‘ldingiz). Buning oqibatida qalbga g‘aflat tusha boshladi. Shuning uchun bir oyni Alloh ta’olo shu ish uchun ta’yin qildiki, ushbu oyda siz o‘zingizni asl yaratilish maqsadingiz bo‘lmish ibodat tarafiga qaytib oling. Aynan shu ibodat uchun siz bu dunyoga yuborilgansiz va aynan shu ibodat uchun siz yaratilgansiz. Ushbu oyda Alloh ta’oloning ibodatida mashg‘ul bo‘ling va o‘n bir oygacha o‘zingizdan sodir bo‘lgan gunohlarni mag‘firat qildirib oling va qalb pokligiga tushib bo‘lgan zanglarni yuvdirib oling. Qalbga tushib bo‘lgan g‘aflat pardalarini ketkazib oling. Mana shu ish uchun Alloh ta’olo bu oyni ta’yin qilgandir.

“Islahiy xutbaat” kitobidan
Abdulqayyum Komil tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*