Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadilar:
«Boyazid Bistomiy rahmatullohi alayh bir kuni ochlikning fazilatlarini bayon qilayotgan edilar. Shunda, bir kishi:
«Hazrat! Ochlikning ham biror fazilatlari bormi?», dedi.
Boyazid Bistomiy rahmatullohi alayh:
«Ha, agar Fir’avnga ochlik yetganda edi, u holda u hech qachon xudolik da’vosini qilmagan bo‘lar edi. Fir’avn qorni doim to‘q yurganligi sababli, xudolik da’vosini qilgan edi», dedilar.
Qachonki, qorin to‘q bo‘lsa, u holda banda o‘z haddini unutadi. Alloh taolo biz ojiz bandalariga o‘z haddimiz va mavqyeimizni yodga solishlik uchun Ramazon ro‘zalarini farz qildi. Toki, bizga biroz ochlik ham yetsin va chanqoqlik ham yetsin. Shunda biz ikki mahal ovqatlanishlari mushkul bo‘lgan, g‘arib, bechora miskinlarning og‘ir holatlarini his qilamiz. Demak, ro‘zada juda ko‘p hikmatlar bor. Mashaalloh».
“Barkate Ramazan” kitobidan
Abdulqayyum Komil tarjimasi